Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Olivye Bonnes «Qo‘qon-1912»ni tark etdi

Olivye Bonnes «Qo‘qon-1912»ni tark etdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Qo‘qon-1912"  futbol klubi yaqinda Fransiyaning "Nant" jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi bilan shartnoma imzolagan edi.

Olivye Bonnes bilan tuzilgan shartnoma kecha har ikki tomonning kelishuviga asosan bekor qilindi. Bunga sabab futbolchining oilaviy sharoitlaridan kelib chiqib, vataniga qaytishi lozimligi bo‘ldi.

Olivye Bonnes O‘zbekistonga kelishidan bir necha kun oldin uning otasi vafot etgan edi. Bu holat futbolchining ruhiy holatiga qattiq ta’sir qilgan. Bonnes shunday og‘ir kunda onasini yolg‘iz qoldirib kelganligidan afsusda bo‘ldi. Musulmon oila farzandi bo‘lgan futbolchi oilasiga qaytish istagini bildirdi.

"Qo‘qon-1912"  futbol klubi murabbiylar shtabi futbolchilarning insoniylik faktorlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Jamoamiz rahbariyati  Fransiyalik futbolchini to‘g‘ri tushungan holda  o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Olivye Bonnes bugun erta tongda Parijga uchib ketdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 19:41, 22.03.2019.
O'qildi: 3803 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик