Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Yevropa, kutib ol, seni sensasiya kutmoqda!

Yevropa, kutib ol, seni sensasiya kutmoqda!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor,  «Evro -2020» musobaqasi uchun saralash uchrashuvlari start oldi. Bugun ushbu turnirda ishtirok etishini ko‘pchilik kutmagan, ammo sensasiya qilish uchun potensiyali yetarli bo‘lgan jamoalar haqida so‘z boradi.

Kosovo

Bu davlatni hali  butun dunyo to‘liq tan olganicha yo‘q, shunga qaramasdan, UYEFA va FIFA 2016-yilda yangi jamoani o‘z safiga qo‘shdi va saralash bahslarida ishtirok etishi uchun ruhsat berdi. «Millatlar ligasi» musobaqasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan Kosova mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Jamoa anchayin uyushqoq va kurashuvchan.

Ularning imkoniyatlarini ancha yuqori baholashmoqda. Terma jamoa tarkibida bir nechta horij klublarida o‘ynaydigan futbolchilar ham mavjud. Terma jamoaning trasnfermarketdagi umumiy qiymati 45 million yevroni tashkil etmoqda. Yangi jamoa uchun bu qoyilmaqom natija. Terma tarkibida «Shefild  Uensdey», «Lasio», «Verder» singari klublar sharafini himoya qiluvchi futbolchilar bor ekanligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Jamoa joylashgan «A guruhi»qolganlariga nisbatan anchagina kuchli. 1-o‘rin uchun so‘zsiz Angliya kurash olib borsa, ikkinchi o‘rin uchun kurash ancha jiddiy ko‘rinish oladi va ushbu o‘rin uchun jang olib boruvchi jamoalar :CHexiya, Bolgariya, Chernogoriya termalari safiga Kosovani ham qo‘shsak, adalotdan bo‘ladi. Umumiy qilib aytganda, Kosova Yevropa qit’asi uchun «chaqilmas yong‘oq»dek jamoa bo‘lishi kutilmoqda.

Ukraina

Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina «B guruhi»da 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga chiqish uchun kurashib ko‘radi. Guruhda Portugaliya, Serbiya, Lyuksenburg, Litva termalariga qarshi bahs olib boradigan Ukraina, «Millatlar Ligasi» musobaqasida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda. Sheva Ukraina terma jamoasini deyarli boshqatdan qurmoqda. Jamoaning o‘rtacha yoshi 23 ni tashkil etishi kishini xursand qiladi.
To‘g‘ri, hujumda ayrim muammolar kuzatilsada, kombinasion o‘yin evaziga Sheva bu kamchilikni bilintirmaslikka urunmoqda. Ukraina terma jamoasining transfermarketdagi qiymati 117 million yevroni tashkil etadi.  Ilk turda amaldagi chempionlardan ochko olgan Ukraina qolgan raqiblaridan zarracha ham cho‘chimasdan maydonga tushishi aniq. G‘alabaga teng durang saralash so‘ngida katta ehtimol bilan Ukrainaga qo‘l kelishi mumkin.

Bosniya va Gersogavina

Tarkibida Piyanich, Beshich, Djeko, Begovich singari super yulduzlari bor jamoa bu saralashda hammani hayratda qoldirishi hech gap emas. Italiya guruhdagi eng nomdor jamoa bo‘lsada, birinchi o‘rin uchun asosiy da’vogar Bosniyaliklar bo‘lib turibdi. Jamoa yaxshi shakllangan va o‘z yetakchilariga ega. Yuqorida nomi kletirligan futbolchilardan tashqari Turkiya super ligasida fantastik mavsumni o‘tkazayotgan Edin Vishcha raqiblari uchun anchagina bosh og‘riq bo‘ladigan futbolchi. Bu terma, nafaqat, yevro saralash bosqichida,  balki qit’a chempionatida ham sensasiyani ko‘rsatishi hech gap emas. Jamoaning «Millatlar Ligasi»da ham ishlari chakki ketmayapti. Bosniyaliklar ikki turnirdan biridagi imkoniyatdan foydalanib, «Evro-2020» musobaqasida ishtirok etishlari kundek ravshan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 23.03.2019.
O'qildi: 13432 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.