Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Poytaxtimiz karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Poytaxtimiz karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

19 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Osiyo karate federasiyasining bosh menejeri Vinsent Chen boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, vazirlikning tegishli boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston karate milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev hamda federasiya Bosh kotibi Kamoliddin Xodjiniyazov ishtirok etishdi.

Tadbirda asosiy mavzu sifatida karate WKF bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tadigan Osiyo chempionati tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar karateni yurtimizda yanada ommalashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sportchilarimizni nufuzli musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida o‘zlari fikr almashishdi.

Oybek Qosimov delegasiya a’zolariga so‘nggi yillarda yurtimizda karateni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib, poytaxtimizda Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

“Sizni yurtimizda ko‘rib turganimdan xursandman. Xush kelibsiz. Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz sport turlari bo‘yicha bir qator jahon va Osiyo chempionatlariga muntazam ravishda mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, joriy yilda O‘zbekiston 34 ta nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Karate WKF bo‘yicha qit’a birinchiligiga ham munosib mezbonlik qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.” – dedi O.Qosimov

O‘z navbatida janob Vinsent Chen ham chempionat oldidan mavjud sharoitlar bilan tanishish va ushbu masala yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida yurtimizga kelganini ta’kidlab o‘tdi.

“Yana Toshkentdaligimdan bag‘oyat xursandman. Bu safar ikkinchi marta kelishim. Poytaxtingiz menda tozaligi va qulayligi bilan katta taassurot qoldirgan. Bu yerda o‘zimni juda ajoyib his qilaman. Yurtingizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni o‘zbekistonlik sportchilarning nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan natijalaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Aholi sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak, natijalaringiz aholi ancha ko‘p va iqtisodiyoti rivojlangan ayrim davlatlarnikidanda yuqori. Tashrifim davomida mavjud infrastrukturani o‘rgandim. Toshkent nafaqat qit’a birinchiliklarini balkim, jahon miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazishga tayyor deb o‘ylayman.” – dedi janob Vinsent Chen

Yakunda tomonlar joriy yilning iyul oyida poytaxtimizda Tokio Olimpiadasining lisenziyalari o‘ynaladigan Osiyo chempionatini o‘tkazishga kelishib olishdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:11, 24.03.2019.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.