Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ular qarimaydi

Ular qarimaydi

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda futbolchilarning jismoniy xolati birinchi planga chiqib bormoqda.  Futbolchilarning uzoq muddat yuqori formada o‘yin ko‘rsatishlari ham hozirgi kunda jismoniy tayyorgarlikka bog‘liq. Bugun dunyodagi eng mehnatkash futbolchilar haqida…

Felipe Luis

«Atletiko Madrid» futbolchisi hozirda 34 yoshda bo‘lsada, «Barselona»ning  e’tibor markazida turibdi. Uning qanotdagi mehnatkashligi Simionening taktikasiga ideal darajada mos. Qahramonimiz  har bir uchrashuvda o‘rtacha 8 yoki 9 km masofani yugurub o‘tsada, uning charchab qolganini sira ko‘rmaymiz. Braziliyalik futbolchi ko‘plab hamkasblari uchun so‘nggi manzil sanaladigan 34 yoshida ham o‘z formasini yaxshi saqlab qolgan.

Futbolchi o‘z jismoniy xolatini saqlab turish uchun deyarli 10 yildan beri «Yoga»  bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Uning asablari juda mustahkam va kamdan-kam hollarda qo‘pol o‘yin ko‘rsatadi. Simionening aytishicha, u yana 5 ta mavsum bemolol yuqori saviyada futbol o‘ynay oladi.

Jems Millner

Universal futbolchilar sirasiga kiruvchi sportchi o‘zining 33 yoshida ham «qora ishlarni» ustalik bilan amalga oshirmoqda. Uni Klopp faqat darvozada sinab ko‘rmadi, xolos. Jems har bir uchrashuvda o‘rtacha 6.8 km masofani bosib o‘tadi va doimo kurashga chanqoq. Uning jismoniy xolati shunchaki, fantastika! Uning bunday darajaga chiqishi uchun bir necha yilllardan beri to‘g‘ri ovqatlanishi va o‘z vaqtida uxlashining ta’sri katta. Futbolchining o‘zi shaxsiy kurator bilan birgalikda sog‘lig‘I va jismoniy xolatini doimiy nazoratda ushlab turadi. «Liverpul»ning pressinglarida faol ishtirok etadigan futbolchining 33 yoshda ekanligiga ishonish qiyin…

Ronaldu

«Yuventus» futbolchisi 35 yoshga qarab ketayotgan bo‘lsada, uning jismoniy imkoniyatlari 25 yoshlik futbolchilarnikidan sira qolishmaydi. Hozirda qahramonimiz «Yuve» bilan yangi marralarni zabt etish uchun mehnat qilishdan to‘xtamayapti. «Atletiko» bilan kechgan javob uchrashuvda uning ko‘rsatgan o‘yini portugaliyalik futbolchining hali anchagacha yuqori saviyada futbol o‘ynay olishini bildiradi.
Buning siri bilan ko‘plab jurnalistlar qiziqib ko‘rishgan. Ronalduning o‘zi bunda hech qanday sir yo‘qligini, shunchaki, to‘g‘ri ovqatlanish va o‘z vaqtida uyquga yotish evaziga bunday darajaga ta’kidlagan ko‘p bor ta’kidlagan. Darhaqiqat, qahramonimizning kun tartibi odamni hayratda qoldiradi. Uning har bir daqiqasi taqsimlangan. Tinimsiz mashg‘ulotlar va reklama roliklarida suratga tushadigan Krish o‘z oilasi uchun ham vaqt ajratishga ulguradi. Futbolchi organizmining bu qadar yaxshi saqlanishiga asosiy sabab spirtli ichimliklar va sigaretdan saqlangani ekan.
Futbol mutaxassislarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, futbolchilar bir dona sigaret chekkanlarida ularning  jismoniy imkoniyatlari 0,4 foizga pasayar ekan. Spirtli ichimliklar haqida gapirmasa ham bo‘ladi… Umumiy qilib aytganda, Roni kun tartibiga rioya qilishda davom etsa, u bemalol bir necha mavsum yuqori formani saqlab qoladi.

 Jorjo Kellini

«Yuventus» klubining yana bir futbolchisi vaqt ta’sir qilmaydiganlardan. Himoyachi 35 yoshni qoralagan bo‘lsada, asosiy tarkibdagi o‘rnini hali beri hech kimga berib qo‘ymasa kerak. Uning himoyadagi ishonchli o‘yinlari bir necha yillar «Yuve»ga uchta himoyachi bilan o‘ynash imkonini yaratib bermoqda. To‘g‘ri, hozirda Alegri vaziyatga qarab ba’zida 4 himoyachi bilan ham o‘ynamoqda, ammo Kellini bu uslubga ham darrov moslashib ketdi. Zamonaviy futbolda himoyachilardan talab qilinadigan omillar o‘zgarib bormoqda. Kellini esa klassik himoyachilarning eng so‘nggilaridan biri…
Futbolchi o‘z sport formasini kuniga 3 mahal mashg‘ulot bilan ushlab turishini  intervyularida bir necha bor oshkor qilgan. Gap shundaki, Jorjo asosiy guruh bilan mashg‘ulotlar tugagach, badantarbiyaga o‘xshash mahsus mashqlar bilan klub bazasida yana 1 soatdan ortiqroq vaqt mobaynida qoladi. Bu esa, uning yoshida suyaklar zaiflashib qolishidan asraydi. Bir qarashda himoyachining maydondagi harakatlari oddiydek ko‘rinar, lekin uning kuchli tomoni ham aynan shu oddiylikda, aslida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:19, 24.03.2019.
O'qildi: 9197 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.