Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashi doirasidagi Serbiyaga qarshi o‘yinda (1:1) jarohat oldi. O‘yindan keyin Krishtianu Ronaldu qachon safga qaytishini aytdi.
«Xavotir olayotganim yo‘q, o‘z tanamni bilaman. Bir yoki ikki haftada safga qaytsam kerak», – degan Ronalduning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda portugal matbuoti.













