Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Jenoa» yetishtirgan super-yulduzlar (fotogalereya)

«Jenoa» yetishtirgan super-yulduzlar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

«Jenoa» - o‘ziga yarasha tarixi va an’analariga ega klub. Unga 1893 yilning sentyabrida asos solingan, shu bois Italiyaning qadimiy jamoalaridan biri sanaladi. Hozir kimdir ishonmas, ammo «Jenoa» mamlakatning to‘qqiz karra chempioni hisoblanadi.

Sovrinlar bo‘yicha «grifonlar» «A» seriya tarixida «Yuventus» (34), «Milan» (18) hamda «Inter» (18)dan keyinto‘rtinchi o‘rinni egallab turishibdi. To‘g‘ri, bu jamoa so‘nggi marta 1924 chempionlikka erishgan. Shundan buyon «Jenoa»ning eng yirik yutug‘i uchinchi o‘rin (1938 yili) bo‘lgan.

So‘nggi paytlarda muxlislar mazkur klubni elitada «jon» saqlashga intiladigan yoki o‘rtamiyona sifatida yaxshitanishadi. Genuyaliklarning jiddiy yutuqlar va evrokuboklardan chetdan qolishayotgani mukofotlar, bonuslarni qo‘lgakiritish, turli homiylar e’tiborini tortishda pand bermoqda.

Shu bois, «grifonlar»ning asosiy daromad manbai futbolchilarni sotish hisoblanadi. So‘nggi yillarda «Jenoa» ko‘plab saviyali o‘yinchilar sotdiki, ular boshqa klublarda muvaffaqiyatga erishdilar.

Ehtimol, o‘sha futbolchilar hozir tarkibda qolishganida, raqobatbardosh jamoa sifatida «Napoli», «Roma», «Milan», «Inter» va albatta, hozir qiyosi yo‘q «Yuventus»ga jiddiy kurash taklif etisharmidi?!

Agar bu gaplarni mubolag‘aga yo‘ysangiz, quyida fotojamlanmadan joy olgan futbolchilar nomiga bir nazar soling.

ESEKYEL LAVESSI (Argentina)

2004 yili «Estudiantes»dan 1 million yevro evaziga sotib olingan futbolchini «Jenoa» 1,2 million yevroga «San-Lorenso»ga sotib yuborishga majbur bo‘lgan.

KRISTIAN ANSALDI (Argentina)

2015 yili «Zenit»dan 4 million yevroga sotib olingan futbolchi ko‘p o‘tmay 10 million yevro evaziga «Inter»ga qo‘yib yuborilgan.

LEONARDO BONUCHCHI (Italiya)

2009 yili «grifonlar» bilan shartnoma imzolagan himoyachi «Bari»ga o‘tishi sababli «Jenoa» g‘aznasi 10,5 million yevroga boyigandi.

SOKRATIS PAPASTATOPULOS (Gresiya)

Hozir «Arsenal»da to‘p surayotgan bu futbolchini «Jenoa» 2010 yili «Milan»ga 4,5 million yevroga sotgandi.

MATTIA PERIN (Italiya)

2018 yili «Yuventus»ga o‘tgan, «Jenoa» uning uchun 12 million yevro olgan.

KSHISHTOF PENTEK (Polsha)

«Jenoa»ning so‘nggi yillardagi eng yirik kelishuvi! O‘tgan yilning yozida «Krakoviya»dan 4,5 million yevroga sotib olingan hujumchi uchun «Milan» qishki transferlar payti 35 million yevro to‘ladi.

STEFAN AL SHAARAVI (Italiya)

«Jenoa» maktabining yana bir tarbiyalanuvchisi. 2011 yili «Milan» uni 15,5 million yevroga sotib olgandi.

CHIRO IMMOBILE (Italiya)

2012 yili «grifonlar» a’zosiga aylangan Chiro uchun «Torino» 2,75 million yevro to‘lagandi.

SHIME VRSALKO (Xorvatiya)

Zagrebning «Dinamo»sidan 4,9 million yevroga xarid qilingan himoyachi 5,5 million yevro evaziga «Sassuolo»ga sotib yuborilgan.

ROLANDO MANDRAGORA (Italiya)

Bu futbolchi «Jenoa» akdamiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015|2016 yillar mavsumida «Peskara»da ijarada o‘ynagan futbolchining transferi uchun «Yuventus» 8 million yevro to‘lagan.

TOMAS RINKON (Venesuela)

2014 yili «Jenoa» a’zosiga aylangan Rinkon ikki yarim mavsumdan so‘ng, 2017 yili 8 million yevroga «Yuventus» a’zosiga aylangan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:18, 26.03.2019.
O'qildi: 3214 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.