Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

«Andijon» va «Navbahor» yana stadion izlaydi…mi?

«Andijon» va «Navbahor» yana stadion izlaydi…mi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” jamoasi dastlabki turni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak edi. Biroq stadioni ta’mirda ekani sabab, PFL “Qizilqum” bilan o‘yinlar ketma-ketligini almashtirib berdi.

 
Biroq 3-turda ham “Andijon” shunday qila olmaydi. 5 aprel kuni “Lokomotiv” andijonliklarni o‘z maydonida qabul qila olmaydiki, chunki shu kuni “Paxtakor” ham o‘z uyida “Nasaf”ni qabul qiladi. 1 ta shaharda ikki uchrashuv mumkin emas. Na “Paxtakor” va na “Lokomotiv” o‘yinini surib bo‘ladi. Ular Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Demak, “Andijon” o‘zi istagan boshqa stadionda o‘ynashi mumkin. Istasa Farg‘onada, kelisha olsa AGMK yoki “Metallurg” maydonida. Agar mutaxassislar maydon tayyor bo‘lib ulgurmaydi deyayotgan bo‘lsa, ularni eshitish shart. 
“Navbahor” 1-turda o‘yinini o‘zgartira olmadi. Chunki uning raqibi “Qo‘qon-1912”da ham stadionda ish bor edi. Baxtga qarshi, “Navbahor”ning yana bir raqibi “Bunyodkor”da ham vaziyat shunday, stadioni ta’mirda. Demak, Namangan klubi yana maydon topishi kerak bo‘ladi. Sport-TV allaqachonlar uchrashuvlar vaqtini so‘rab yotibdi. 
Vaziyat chigal, biroq oldinda yaxshi o‘yinlar, tekis maydonlar kutib turganini inobatga olib, sabr qilsak arziydi. 
***

Aytgancha, Shota Arveladze mashg‘ulot o‘tkazishi uchun kamida 3 ta futbol maydoniga ega. Ammo kuni kecha shu masalada jig‘ibiyron bo‘lib yurgandi. Boisi, mavjud maydonlarni yaxshi holatda saqlash va vaziyatdan chiqib ketish uchun mutaxassisni buni kam deb hisoblaydi.

Yevropa futboli havosini ko‘rgan murabbiylarning bizning futbolga berishi mumkin bo‘lgan eng katta yordami ham aslida shu. Ular sharoitlardan tinimsiz noliydi va yaxshi sharoitni talab qilaveradi. Bizda rahbariyatdan jiddiy talab qilinmasa, o‘zidan kelib chiqib biror ish qiladigani kam.

Endi e’tibor bering, bugun maydonlarini yaxshilayotgan klublar haqida yozyapmiz, vaholanki ularda hali zaxira maydoni yo‘q. Tushunyapsizmi biz qaysi bosqichda turibmiz? Aslida Superliganing har bir klubida kamida 4-5 talab sifatli maydonlar bo‘lishi kerak. Bu esa asosiy maydon yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Haftasiga ikki rasmiy uchrashuv bitta futbol maydoni uchun yetarli, qolgani ortiqcha.

May oyida ishlab chiqiladigan 2020 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talabiga har bir klub ma’lum gektor yerga maysa ekishi va uni soha mutaxassislari nazorati ostida o‘stirishi masalasi kiritiladi. Buning uchun 100 million so‘m ham ketmaydi, evaziga yangi mavsumda navbatdagi yaxshi chimni 3-4 milliard so‘mga sotib olish chiqimi yo‘qoladi. Nima demoqchiman, biz futbolni rivojlantirib tashlashdan ham oldinroq futbol o‘ynasa bo‘ladigan maydonlarga ega bo‘lishimiz kerak IMHO

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:25, 26.03.2019.
O'qildi: 2999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.