Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

O‘zPFL rahbariyati AGMK klubining yangi mavsumga tayyorgarligi bilan tanishdi

O‘zPFL rahbariyati AGMK klubining yangi mavsumga tayyorgarligi bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi guruh Toshkent viloyati klublarining yangi mavsumga umumiy tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, O‘zPFL rahbari Olmaliqning AGMK klubiga tashrif buyurdi va klubning stadioni, yangi qurilishi mo‘ljallanayotgan qarorgoh hamda akademiyasi, klub ish faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Joriy mavsumda o‘z tarixida ilk marta xalqaro maydonda to‘p surgan AGMK klubi 2019 yilgi mavsumga umumiy olganda yaxshi hozirlik olib bordi. Klub o‘z stadionini birlamchi ta’mirdan chiqardi. OAV vakillari uchun media-tribuna hamda mikst-hududlar barpo etildi. Maydon holati ham yaxshi darajada bo‘lishi ta’minlab kelinyapti. Omon G‘ofurov dastlab klub ayni paytda uy uchrashuvlarini o‘tkazayotgan ushbu OKMK sport majmuasiga tashrif buyurdi va stadion hamda klubning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zPFL rahbari AGMK klubi prezidenti – “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov bilan ham suhbatlashdi. Klub prezidenti ta’sischi korxona tomonidan AGMK klubining infratuzilmasini yaxshilash borasida qator loyihalar amalga oshirilayotgani haqida so‘zlab berdi. Jumladan, yaqin vaqt ichida AGMK klubi o‘z akademiyasini barpo etish ishlarini boshlashi qayd etildi. Shuningdek, Olmaliq ahlining, jumladan, 30 mingga yaqin ishchi mehnat qiluvchi “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlarining AGMK jamoasi uy uchrashuvlariga ko‘proq tashrif buyurishlarini ta’minlash maqsadida mazkur klub uy o‘yinlarini mazkur korxona ishchilari vaqtiga to‘g‘ri keladigan tarzda belgilash masalasi ham muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, O‘zPFL bosh direktori rahbarligidagi guruh AGMK klubining eski stadioni – “Metallurg” o‘yingohiga tashrif buyurdi. Ushbu stadion hududida AGMK jamoasining yangi qarorgohi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, stadion hududida jamoa asosiy tarkibi uchun qarorgoh, yangi akademiya hamda ayollar va futzal jamoalari uchun maydon va zallar ham quriladi. Qurilish jarayoni yaqin vaqt ichida boshlanishi mo‘ljallanmoqda. 

AGMK klubi infratuzilmasini yaxshilash, jamoaga yangi qarorgoh va akademiya qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, amaliy rejalar O‘zPFL rahbarida ancha iliq taassurot qoldirdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 08:02, 27.03.2019.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик