Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar va sport jihozlari sovg‘a qildi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar va sport jihozlari sovg‘a qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 27 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 4-umumta’lim maktabiga borib, o‘zi ta’lim olgan ushbu muassasaga sport jihozlari hamda shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.

Maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida vazir o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda har bir inson faollik ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.

– Umid qilamizki, o‘quvchilarimiz bu kitoblarni o‘qib o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashadi. Yoshlarimiz qaysi sohani tanlamasinlar, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun nafaqat ma’nan, balkim jismonan rivojlanish ham muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, o‘quvchilarimiz bo‘sh vaqtlarini turli zararli odatlarga sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni kitob o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga da’vat etishimiz zarur, – dedi Dilmurod Nabiyev

Eslatib o‘tamiz, rahbarlarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilish tashabbusi 19 mart kuni yoshlar ma’naviyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ko‘mak berish, yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Kiritildi: 15:20, 27.03.2019.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.