Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Bosh prokuratura Murod Xonto‘rayev bo‘yicha oxirgi xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi

Bosh prokuratura Murod Xonto‘rayev bo‘yicha oxirgi xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Aralash yakkakurashlar jangchisi, o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayev o‘zining pichoqlangani haqidagi xabarlarni rad etgan bo‘lsa-da, u 15 mart kuni «kesib-sanchilgan jarohatlar» bilan kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 15 martga o‘tar kechasi soat 1:55da Murod Muxamadusmonovich Xonto‘rayev Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasiga xirurgiya bo‘limiga «kesib-sanchilgan jarohatlari» bilan murojaat qilgan.

Murod Xonto‘rayev klinikaga yetib kelgan milisiya xodimlariga o‘z uyi oldida ehtiyotsizlik natijasida yiqilib tan jarohati olganini, hech kim bilan urishmaganini ma’lum qilgan.

Oradan to‘rt kun o‘tib, 19 mart kuni mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Lekin jinoyat ishi kimga nisbatan qo‘zg‘atilganiga oydinlik kiritilmagan.

Bugun, 27 mart kuni GoSport nashri «Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi» sarlavhali xabar tarqatgandi. Ko‘p o‘tmasdan Murod Xonto‘rayev Instagramida bu xabarni rad etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Xonto‘rayev 2018 yil davomida ham ikki marta pichoqlangan edi. U 2018 yil 21 iyunga o‘tar kechasi bir qator shaxslar bilan birgalikda Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi. O‘shanda uning o‘zi tan jarohati (ko‘kragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni milisiya tomonidan olib ketilgandi.

 2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Keyinchalik, internetda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

Manba: KUN
Kiritildi: 11:44, 28.03.2019.
O'qildi: 7582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.