Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yana bir bor xorij klublariga o‘tishni istamadi.
Sport nashri xabar berishicha, 26 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» va «PSJ» klublari qiziqish bildirgan, biroq argentinalik futbolchi faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirmoqchi bo‘lgani uchun ikkala variantni ham rad etgan. «Ko‘k-anorranglilar» hujumchini hech kim fikridan qaytara olmasligiga amin, ammo «matraschilar» (Atletiko) avgust oyi boshigacha javob bermasa, boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishga tayyor.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Xulian Alvaresning transfer qiymati 100 million yevroni tashkil etadi. Bugun futbolchi Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionati finaliga chiqishi mumkin — buning uchun «albiseleste» Angliyani mag‘lub etishi kerak.













