Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru - Kanada
26/06 06:00 Chili - Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Bahrom Norsafarov: «Futbolchilarimiz bo‘lajak musobaqaga tayyor»

Bahrom Norsafarov: «Futbolchilarimiz bo‘lajak musobaqaga tayyor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda ayollar jamoalari o‘rtasidagi Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz "B" guruhida Vyetnam, Iordaniya va Gonkong ayollar terma jamoalari bilan kuch sinashadi.   Ana shu musobaqadan oldin O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.   “Terma jamoamiz Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarga tayyor. Biz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. 18-22 mart kunlari Jizzaxda «Jizzakh women Cup-2019» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqadagi ishtirok biz uchun juda katta foyda berdi. Ayniqsa, Qozog‘istonning “Biik” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda terma jamoamizning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib oldik. Bu jamoa ayollar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadigan kuchli jamoa. Tarkibida ko‘plab legionerlari bor. Garchi ularga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, bu o‘yin bizga katta tajriba bo‘lib xizmat qildi. Jamoamizning ba’zi kamchiliklarini ko‘rib oldik. Biz musobaqada g‘olib chiqishni maqsad qilmagandik. Asosiy e’tibor terma jamoa asosini shakllantirishga qaratilgan. Musobaqa davomida turli taktik uslublarni sinovdan o‘tkazdik. Ba’zi o‘yinlarda to‘liq ikkinchi tarkib futbolchilarni maydonga tushirib, ularning ham imkoniyatlarini ko‘rib oldik.    Musobaqadagi o‘yinlarimizning videoyozuvlarini tahlil qilib borib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarinimizni to‘g‘irlab borishga intildik.    O‘z o‘rnida bizga tayyorgarlik uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Rahbariyat doimo biz bilan bog‘lanib, xabar olib turibdi. Biz uchun kerakli bo‘lgan barcha narsalar muhayo qilingan. Ochig‘i, ayollar futboliga bu qadar katta e’tibor qaratilganini oldinlari ko‘rmaganman. Biz ham mana shu e’tiborga yarasha saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Guruhdagi raqiblarga keladigan bo‘lsak, barchasi kuchli raqiblar. Vyetnam terma jamoasi ortiqcha ta’rifga muhtoj emas. Gonkong va Iordaniyaga qarshi o‘yinlar ham oson bo‘lmasligi aniq. Ammo biz barcha o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. 

Hozirda raqiblarimiz o‘yinlarini ham tahlil qilib chiqmoqdamiz. Vyetnam Myanmaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, har ikkisda g‘alaba qozondi. Bu o‘yinlarni tahlil qilish orqali raqibning ojiz nuqtalarini topishga harakat qilamiz.    Biz 5 oy davomida seleksiya ishlarini olib bordik. Eng kuchli futbolchilarni safga jalb qildik. Hozirda 21 nafar futbolchi biz bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Kecha “Chig‘atoy” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdik. Hozirda O‘FA Ilmiy-texnik departamenti rahbari Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar mazkur o‘yin videoyozuvini o‘rganib, har bir futbolchining texnik-taktik harakatlarini tahlil qilib chiqishmoqda. Keyin ular menga to‘liq hisobotni topshirishadi. Shundan kelib chiqib, tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatlari bo‘yicha yana ham aniqroq xulosaga ega bo‘lamiz.    Oldinda bizni muhim bahslar kutib turibdi. Ushbu uchrashuvlarda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natija qayd etishga hamda bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz”, - dedi Bahrom Norsafarov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:01, 28.03.2019.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.