Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Young one Corporation» qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini ishlab chiqarishda yordam beradi

«Young one Corporation» qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini ishlab chiqarishda yordam beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Koreya Respublikasining «Young one Corporation» kompaniyasi O‘zbekistonning qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarishda yordam beradi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

27 mart kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegasiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida «Young one Corporation» kompaniyasi rahbari janob Sung Kixak bilan muzokaralar o‘tkazildi. Kompaniya taniqli The North Face brendi ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 

Uchrashuv davomida tomonlar tekstil sohasida hamkorlik qilishga oid masalalarni muhokama qilishdi. 

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Koreya tomonning mamlakatimiz qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi uchun o‘zbek brendi ostida sport formasi kolleksiyalarini ishlab chiqarishda ko‘mak berishiga kelishildi. 

Ta’kidlash joizki, 27-29 mart kunlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Seul shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni ikki tomonlama uchrashuvlar va Koreya tekstil sanoati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. 

Manba: KUN
Kiritildi: 08:09, 29.03.2019.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.