Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Bugun Sharofiddin Lutfullayev o‘z vaznida 1-raqamli dzyudochi sifatida bahsga kirishadi

Bugun Sharofiddin Lutfullayev o‘z vaznida 1-raqamli dzyudochi sifatida bahsga kirishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Gruziya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur turnirning birinchi kun doirasida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev bahslarga kirishadi.

Qur’aga ko‘ra, jahon reytingining sakkizinchi pog‘onasida turgan dzyudochimiz musobaqada o‘z vaznining birinchi raqamli sportchisi sifatida ishtirok etadi. Yuqori reyting o‘rni sabab birinchi davradan erkin o‘tadi va ikkinchi bosqichda Rustam Ibrayev (Qozog‘iston) hamda Daniyel ben David (Isroil) bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yurtdoshimiz mart oyining boshida Marrakesh shahrida o‘tgan Gran-pri turnirida zafar quchdi va hozir ham yuqori sport formasida. Lutfullayev 2015 yili Tbilisi Gran-prisida muvaffaqiyat qozongan. Eslatib o‘tamiz, musobaqada g‘olib chiqqan dzyudochilar jahon va Olimpiada reytingida 700 ochkoga ega bo‘lishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:53, 29.03.2019.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.