Viktor Karpenko murabbiyligidagi yoshlarimiz bugun poytaxt derbisida mag‘lubiyatga uchradi.
«Paxtakor»ga qarshi kechgan qiziqarli uchrashuvdagi asosiy voqealar ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Avvaliga Jahongir Abdusalomov «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Ruslan Ro‘ziyev javob to‘pini kiritdi. Shundan so‘ng o‘yin haqiqiy kurashga va derbiga aylanib ketdi. Ochiq futbol mehmonlarning gollari bilan yakunlandi. Hojimat Erkinov o‘z dublini nishonlab, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.
U-21 YOSHLAR BIRINCHILIGI. 2-TUR
«BUNYODKOR» - «PAXTAKOR» - 1:3 (0:0)
30 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev.
«Bunyodkor»: Jasur Umrzoqov, Sardor Xursandov, Islom Karimov, Bobur Farhodov (Kemran Najafaliyev, 46), Nodir Mavlonov (Farrux Muxtorov, 46), Burxon Usmonov, Jahongir Abdusalomov (Jamshid Bahshulloyev, 58), Valeriy Akopov (Ibrohim Ibrohimov, 72), Suhrob Izzatov (Diyor Rahimqulov, 46), Abdulhay Ismoilov (Muzaffar Olimjonov, 62), Farrux Ikromov.
«Paxtakor»: Eldor Suyunov (Azizxon Isoqov, 85), Saidazamat Mirsaidov, Alisher Salimov, Hojimat Erkinov (To‘lqin Ergashev, 88), Ulug‘bek Hoshimov, Ruslan Ro‘ziyev (Behzod Shamsiyev, 77), Diyor Ramazonov, Alisher Odilov (Doston Tursunov, 26), Shahzod Muxtorov (Shohjahon Sultonmurodov, 90+3), Ibrohim Yo‘ldoshev, Jahongir Ahmedov.
Gollar: Jahongir Abdusalomov, 50 – 1:0. Ruslan Ro‘ziyev, 53 – 1:1. Hojimat Erkinov, 73 – 1:2. Hojimat Erkinov, 83 – 1:3.
Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Hoshimov, 16. Farrux Ikromov, 60. Burxon Usmonov, 64. Saidazamat Mirsaidov, 76.
Chetlatishlar: Ulug‘bek Hoshimov, 63. Jahongir Ahmedov, 90.