Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo - Olimpik

«Dunyoning istalgan o‘yinida umumqoida bor» – Xayrulla Hamidov

«Dunyoning istalgan o‘yinida umumqoida bor» – Xayrulla Hamidov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Men o‘yinni, xususan xavfli vaziyatlarni qaytadan ko‘rib chiqdim. Hakam Serazetdinov

"Lokomotiv" darvozaboniga ishlatilgan qo‘pollikni to‘g‘ri baholagan ekan. Dunyoning istalgan o‘yinida umumqoida bor: jarima maydonchasi ichida darvozabonga barmoq uchiniyam tekkizib bo‘lmaydi. Kasyan esa, harchandiki toza o‘ynashga urinmasin, qo‘lini yoyib yubordi va natijada gol urayotgan payti Ilyosovga nisbatan qo‘pol o‘ynab qo‘ydi.

Bunday paytda himoyalanayotgan tomonning foydasiga hukm chiqariladi. Serazetdinovning qaroriga sharh davomida biroz qo‘shilolmagan bo‘lsam-da, takroriy lavhalar bot-bot namoyish etilishi asnosida shubham qolmadi.


Buning ustiga, ikkinchi bo‘limdagi "Lokomotiv" total ustunlik bilan o‘ynab g‘alabaga haqli bo‘lib ham qoldi.

Namanganlik futbol ishqibozlarini futbolga qo‘shayotgan hissalarini e’tirof etaman, hamisha qoyil qolaman. Ularga cheksiz hurmatimni izhor etgan holda, vaziyatga baribir adolat nuqtai nazaridan qarab shunday deyman:
Bu kecha temiryo‘lchilar natijaga yarasha ozgina ustunroq edilar, hakamning qarorlari ham asosli edi.

Eng muhimi, Namanganga, ahli oilalari bag‘riga eson-omon yetib olishlari muhim men uchun...
Natijalar keyingi turdan yaxshilanishiga ishonib qolaman.

Xayrulla Hamidov

Manba: Stadion
Kiritildi: 12:12, 31.03.2019.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.