Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Samarqandda Navro‘z munosabati bilan nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Samarqandda Navro‘z munosabati bilan nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 30 mart kuni Samarqand shahridagi Afrosiyob sport majmuasida Samarqand viloyat sport faxriylari Kengashining tashabbusi bilan viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya sport boshqarmasi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Sog‘lom avlod” jamg‘armalarining homiyligida nuroniylarning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sog‘lomlashtiruvchi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada tuman (shahar)lardan 100 nafarga yaqin nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.

Musobaqada yugurish va basketbol to‘pini savatga tashlash bo‘yicha nuroniy onaxonlardan 56-60 yoshlilari o‘rtasida Diloram Eshmanova (Bulung‘ur tumani), 61-65 yoshlilar o‘rtasida Noila Sohibova(Bulung‘ur tumani) va 66-70 yoshlilari o‘rtasida Muhayyo Rahmatova (Jomboy tumani), sportning shaxmat turi bo‘yicha nuroniy onaxonlar o‘rtasida Muharram Eshpo‘latova (Urgut tumani)lar g‘olib bo‘lishdi.

Nuroniy otaxonlardan esa 61-65 yoshlilar o‘rtasida Baxtiyor Hasanov (Bulung‘ur tumani), 66-70 yoshlilar o‘rtasida Salom Kamolov (Ishtixon tumani), 76-80 yoshlilar o‘rtasida Ubaydulla Qosimov (Samarqand shahri) va 86-90 yoshlilar o‘rtasida Temurbobo Mansurov(Samarqand shahri), sportning shaxmat turi bo‘yicha nuroniy otaxonlar o‘rtasida Ibrohim Rahimov (Urgut tumani) lar g‘olib bo‘lib “Sog‘-tanda sog‘lom-aql” grantining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir so‘ngida musobaqa ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Manba: minsport
Kiritildi: 21:02, 01.04.2019.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.