Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 0-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

O‘FA Ilhom Mo‘minjonov borasida rasmiy bayonot berdi

O‘FA Ilhom Mo‘minjonov borasida rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Etika qo‘mitasining 2019 yil 20 fevraldagi  02/2019 sonli  yig‘ilish qaroriga asosan, O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga Namanganning “Navbahor-Lochinlari” PFK klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovning kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi yuzasidan o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borish yuklatilgandi.
 
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Mo‘minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi hamda ular bilan suhbatlar o‘tkazildi. Aniqlangan ma’lumotlar natijasida yig‘ilgan bir qator  hujjat-dalillar ko‘rib chiqish uchun O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim qilindi.
 
O‘FA Etika qo‘mitasi taqdim qilingan hujjat va dalillarni o‘rganib chiqib, bugun 1 aprel kuni O‘FA binosida yakuniy yig‘ilishini o‘tkazdi.
 
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘FAning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan ma’lumotlardan hamda Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasining bildirgan fikr va mulohazalaridan kelib chiqib, yig‘ilish qaror qildi:
 
1. “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo‘minjonov Ilhom 2017 yil mavsumida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish, jumladan, o‘yin natijasiga ta’sir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o‘yinni sotishga undagani uchun, O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan:

- 50.000.000 (ellik million) so‘m miqdoridagi jarimaga tortilsin.
- O‘FA Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasining 2019 yil 2 fevraldagi 01/2019-sonli yig‘ilish qarori bilan 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilganligini inobatga olib, 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish, umumiy hisobda 5 (besh) yil muddatga chetlashtirilsin.
 
2. “Surxon” PFK texnik direktori  Sharipov Sherzod qo‘mitaga va O‘FAning rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolg‘on ko‘rsatma berganligi va qo‘mitani vaziyat yuzasidan qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.
 
3. “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo‘minjonov Ilhomga 2017 yil mavsumida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o‘yinni sotishga undagani, shuningdek, qo‘mitaning yozma va og‘zaki so‘rovlariga e’tibor bermay uzrli sababsiz qo‘mita yig‘ilishlariga kelmaganligi uchun O‘FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.
 
Shuningdek, yig‘ilish davomida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar kelgusida bunday holatlarni sodir etadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda jazoga tortilishi ma’lum qilindi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:06, 01.04.2019.
O'qildi: 3453 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.