Zayniddin Zidan «Real Madrid»ga qaytdi, biroq fransiyalik mutaxassis yevrofutbolning shoh turniri - CHL-2018/2019 o‘yinlarini chetdan kuzatishga majbur.
Demakki, buyuk Zizu musobaqaning amaldagi g‘olib murabbiyi maqomini himoya qilolmaydi. Lekin u keyingi mavsumdayoq g‘alabalar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi murabbiy bo‘lib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Quyidagi maqola aynan nufuzli turnir tarixidagi eng omadli mutaxassislar haqida (manba: sokker.ru !!!!!!!).
G‘olib murabbiylar ro‘yxati
- Shu kunga qadar Yevropa Chempionlar kubogiG‘CHempionlar Ligasi turniri 63 marta o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jami 40 nafar bosh murabbiy yakuniy g‘alabani tantana qilgan. E’tiborli fakt: nufuzli sovrinning ilk sohibi - ispaniyalik Xose Vilyalonga (u dastlabki ikki mavsumda taxtga ko‘tarilgan) ham, oxirgi egasi - fransiyalik Zayniddin Zidan (bilasiz, Zizu «shalpangquloq» kubokni qatorasiga 3 marta qo‘lga kiritdi) ham «Real Madrid» boshqaruvida zafar quchgan.
- Zayniddin Zidan, Karlo Anchelotti va Bob Peysli hisobida 3tadan nufuzli sovrin bor. Xullas, bu borada hozircha mutlaq rekordchi yo‘q. Sovrinlar soni bo‘yicha yetakchilarni bitta holat ajratib turibdi: Zizu 3ta kubokni ham «Real», Peysli esa «Liverpul» bilan yutgan bo‘lsa, Anchelotti avvaliga «Milan»ni ikki bora g‘oliblik shohsupasiga ko‘targan, keyin «Real»ga uzoq kutilgan «desima» (12-kubok)ni taqdim etgan. Darvoqe, o‘sha mavsum (2013G‘2014) don Karloga yordam bergan assistentlar orasida Zidan ham bor edi.
- Zayniddin Zidan va Karlo Anchelotti turnirda ham futbolchi, ham murabbiy rolida g‘alaba nashidasini surishgan. Umuman, yana 5 nafar kishi shunday natija bilan maqtanishga haqli: Migel Munyos, Jovanni Trapattoni, Yoxan Kroyff, Frank Raykaard va Xosep Gvardiola.
- Naq 17 nafar murabbiy UYEFA bayrog‘i ostidagi eng asosiy turnirlardan birida 2 martadan g‘alaba qozonishgan, yana 20 nafar mutaxassis hisobida 1tadan kubok bor. Demakki, bir karra va ko‘p karra g‘oliblar soni teng - 20ga 20. Takroriy g‘alabalar soni ham ko‘p narsa murabbiylarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turibdi.
- Joriy CHLda kurashni davom ettirayotgan 8 nafar bosh murabbiyga qarasak, ulardan birgina Xosep Gvardiola turnirda g‘alaba qozonish tajribasiga ega. Hozirda «Manchester Siti»ni kubok sari boshlayotgan kataloniyalik mutaxassis 2009 va 2011 yillarda «Barselona» bilan zafar quchgandi. Xullas, bu mavsum g‘olib murabbiylar safi uzayishi ehtimoli katta. Axir 8 nafar da’vogardan 7 nafar hali g‘alaba gashtini surgan emas. Bular - Erik ten Xag, Serjio Konseysau, Maurisio Pochettino, Ole-Gunnar Sulsher, Massimiliano Allegri, Ernesto Valverde, Yurgen Klopp. Aytgancha, Klopp va Allegri bungacha 2tadan finalni boy berishgan.
- Hozircha hech qaysi murabbiyga CHKG‘CHLda 3ta klub bilan zafar quchish nasib etgani yo‘q. 2tadan jamoani g‘oliblik marrasiga yetaklaganlar esa 5 nafar: Ernst Xappel («Feyenoord» va «Gamburg»), Ottmar Xitsfeld («Borussiya» D. va «Bavariya»), Joze Mourinyo («Portu» va «Inter»), Yupp Xaynkes («Real» va «Bavariya») hamda Karlo Anchelotti («Milan» va «Real»).
CHK/CHLning barcha g‘olib murabbiylari
G‘alabalar soni |
Murabbiy |
Klublar (yillar) |
3 |
Bob Peysli |
«Liverpul» (1977, 1978, 1981) |
3 |
Karlo Anchelotti |
«Milan» (2003, 2007); «Real» (2014) |
3 |
Zayniddin Zidan |
«Real» (2016, 2017, 2018) |
2 |
Xose Vilyalonga |
«Real» (1956, 1957) |
2 |
Luis Karnilya |
«Real» (1958, 1959) |
2 |
Bela Guttmann |
«Benfika» (1961, 1962) |
2 |
Elenio Errera |
«Inter» (1964, 1965) |
2 |
Migel Munyos |
«Real» (1960, 1966) |
2 |
Nereo Rokko |
«Milan» (1963, 1969) |
2 |
Shtefan Kovach |
«Ayaks» (1972, 1973) |
2 |
Dettmar Kramer |
«Bavariya» (1975, 1976) |
2 |
Brayan Klaf |
«Nottingem Forest» (1979, 1980) |
2 |
Ernst Xappel |
«Feyenoord» (1970); «Gamburg» (1983) |
2 |
Arrigo Sakki |
«Milan» (1989, 1990) |
2 |
Ottmar Xitsfeld |
«Borussiya» D. (1997); «Bavariya» (2001) |
2 |
Visente Del Boske |
«Real» (2000, 2002) |
2 |
Aleks Fergyuson |
«MYU» (1999, 2008) |
2 |
Joze Mourinyo |
«Portu» (2004); «Inter» (2010) |
2 |
Xosep Gvardiola |
«Barselona» (2009, 2011) |
2 |
Yupp Xaynkes |
«Real» (1998); «Bavariya» (2013) |
1 |
Jok Steyn |
«Seltik» (1967) |
1 |
Mett Basbi |
«MYU» (1968) |
1 |
Rinus Mixels |
«Ayaks» (1971) |
1 |
Udo Lattek |
«Bavariya» (1974) |
1 |
Toni Barton |
«Aston Villa» (1982) |
1 |
Jo Fegan |
«Liverpul» (1984) |
1 |
Jovanni Trapattoni |
«Yuventus» (1985) |
1 |
Emerik Yeney |
«Styaua» (1986) |
1 |
Artur Jorje |
«Portu» (1987) |
1 |
Gus Xiddink |
PSV (1988) |
1 |
Lyubko Petrovich |
«Srvena Zvezda» (1991) |
1 |
Yoxan Kroyff |
«Barselona» (1992) |
1 |
Raymon Gutals |
«Marsel» (1993) |
1 |
Fabio Kapello |
«Milan» (1994) |
1 |
Lui van Gal |
«Ayaks» (1995) |
1 |
Marchello Lippi |
«Yuventus» (1996) |
1 |
Rafael Benites |
«Liverpul» (2005) |
1 |
Frank Raykaard |
«Barselona» (2006) |
1 |
Roberto di Matteo |
«Chelsi» (2012) |
1 |
Luis Enrike |
«Barselona» (2015) |
Mamlakatlar bo‘yicha reyting
- G‘olib ustozlarni fuqaroligiga qarasak, Italiya murabbiylik maktabi oldinda. Italyan mutaxassislari hisobida jami 11ta kubokbor.
- Agar joriy mavsum «Barselona» g‘alaba qozonsa, Ispaniya vakillari bu borada italiyaliklar bilan tenglashib oladilar. Hozircha ular 10ta «shalpangquloq» yutishgan. To‘g‘ri, Massimiliano Allegri Italiya peshqadamlik mavqeini mustahkamlashga urinib ko‘radi, albatta.
- Angliya va Germaniya fuqarolari turnirda 7 martadan zafar quchishgan. Demak, bu yil agar «Liverpul» sovringa ega chiqsa, nemis murabbiylar maktabi Yurgen Klopp hisobiga sof 3-o‘ringa chiqadi.
- Umuman olganda, shu kunga qadar 14ta mamlakat vakili turnirda g‘alaba qozonish baxtiga muyassar bo‘lgan.
G‘olib murabbiylar fuqaroligi
G‘alabalar soni |
Mamlakat |
G‘olib murabbiylar (kuboklar soni) |
11 |
Italiya |
Nereo Rokko (2ta), Jovanni Trapattoni (1ta), Arrigo Sakki (2ta), Fabio Kapello (1ta), Marchello Lippi (1ta), Roberto di Matteo (1ta), Karlo Anchelotti (3ta) |
10 |
Ispaniya |
Xose Vilyalonga (2ta), Migel Munyos (2ta), Visente Del Boske (2ta), Rafael Benites (1ta), Xosep Gvardiola (2ta), Luis Enrike (1ta) |
7 |
Germaniya |
Udo Lattek (1ta), Dettmar Kramer (2ta), Ottmar Xitsfeld (2ta), Yupp Xaynkes (2ta) |
7 |
Angliya |
Bob Peysli (3ta), Brayan Klaf (2ta), Toni Barton (1ta), Jo Fegan (1ta) |
5 |
Gollandiya |
Rinus Mixels (1ta), Gus Xiddink (1ta), Yoxan Kroyff (1ta), Lui van Gal (1ta), Frank Raykaard (1ta) |
4 |
Shotlandiya |
Jok Stok (1ta), Mett Basbi (1ta), Aleks Fergyuson (2ta) |
4 |
Argentina |
Luis Karnilya (2ta), Elenio Errera (2ta) |
3 |
Ruminiya |
Shtefan Kovach (2ta), Emerik Yeney (1ta) |
3 |
Portugaliya |
Artur Jorje (1ta), Joze Mourinyo (2ta) |
3 |
Fransiya |
Zayniddin Zidan (3ta) |
2 |
Avstriya |
Ernst Xappel (2ta) |
2 |
Vengriya |
Bela Guttmann (2ta) |
1 |
Belgiya |
Raymon Gutals (1ta) |
1 |
Serbiya |
Lyubko Petrovich (1ta) |
Turnir gvardiyachilari
- CHLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchi murabbiy - Aleks Fergyuson (190ta)ning mavqei ancha baland. Umuman, joriy mavsum ushbu ro‘yxatning yuqori 9taligi o‘zgarmasligi aniq.
- Bu yil elit ro‘yxatdagi murabbiylardan faqat Xosep Gvardiola va Massimiliano Allegrining statistikasi yaxshilanadi, xolos.
CHKG‘CHLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylar
Murabbiy |
O‘yinlar soni |
Klublar |
Aleks Fergyuson |
190ta |
«MYU» |
Arsen Venger |
178ta |
«Monako», «Arsenal» |
Karlo Anchelotti |
166ta |
«Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Real», «Bavariya», «Napoli» |
Joze Mourinyo |
141ta |
«Portu», «Chelsi», «Inter», «Real», «MYU» |
Xosep Gvardiola |
110ta |
«Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti» |
Mircha Luchesku |
103ta |
«Inter», «Galatasaroy», «Beshiktosh», «Shaxtyor» |
Ottmar Xitsfeld |
95ta |
«Borussiya» D., «Bavariya» |
Lui van Gal |
95ta |
«Ayaks», «Barselona», «Bavariya», «MYU» |
Rafael Benites |
95ta |
«Valensiya», «Liverpul», «Inter», «Chelsi» «Napoli», «Milan» |
Massimiliano Allegri |
84ta |
«Milan», «Yuventus» |
«Ko‘chmanchi» murabbiylar
- Karlo Anchelotti turnirda naq 5ta mamlakatning 8ta jamoasini maydonga olib tushgan. Uning bu masaladagi yetakchiligi daxlsiz.
- Joze Mourinyo ham naq 5ta mamlakat klubini boshqargani bilan faxrlanishi mumkin.
CHKG‘CHLda eng ko‘p klub boshqargan murabbiylar
Murabbiy |
Klublar soni |
Klublar |
Karlo Anchelotti |
8ta |
«Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Real», «Bavariya», «Napoli» |
Rafael Benites |
6ta |
«Valensiya», «Liverpul», «Inter», «Chelsi» «Napoli», «Milan» |
Klaudio Ranyeri |
6ta |
«Valensiya», «Chelsi», «Yuventus», «Roma», «Inter», «Lester» |
Joze Mourinyo |
5ta |
«Portu», «Chelsi», «Inter», «Real», «MYU» |
Ronald Kuman |
5 |
«Ayaks», «Benfika», PSV, «Valensiya», AZ |