Kirish Ro'yxatdan o'tish

«15 ta titulni qanday qo‘lga kiritishgani endi tushunarli»: Oliver Kan «Real»ni qattiq tanqid qildi

«15 ta titulni qanday qo‘lga kiritishgani endi tushunarli»: Oliver Kan «Real»ni qattiq tanqid qildi

Baho:
+4 | -

Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida Myunxenning «Bavariya»siga qarshi o‘yindagi (3:4) hakamlikdan norozi bo‘lganiga izoh berdi. Uchrashuv so‘ngida Ispaniya jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga maydondan chetlatilgan edi.

«Bunga chek qo‘yish kerak. Ular yana qancha vaqt jazosiz qolishlari mumkin? Agar biror narsa «Real»ning rejasi bo‘yicha ketmasa, darrov tartibsizlik boshlanadi. Ular hakamning har bir qarori o‘z foydalariga bo‘lishini xohlashadi. Endi ular qanday qilib 15 ta Chempionlar ligasi titulini qo‘lga kiritgani tushunarli», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini Marca gazetasi keltiradi.

«Real» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va UYEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 13:00, 18.04.2026.
O'qildi: 11833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик