Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xokkey. «Humo» seriyada hisobni tenglashtirdi

Xokkey. «Humo» seriyada hisobni tenglashtirdi

Baho:
+ | -
Ushbu qarama-qarshilik taqdiriga 5 aprelda oydinlik kiritiladi.   Bu yil ilk marotaba o‘tkazilayotgan xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi finalchisini aniqlash masalasi keyinroqqa qoldirildi.   Poytaxtimizdagi “Ice City” ko‘ngilochar-sport majmuasida tarixiy mamlakat birinchi chempionatining pley-off o‘yinlari davom etmoqda. Kecha “Semurg‘” hamda “Humo” jamoalari o‘rtasidagi yarim finalning to‘rtinchi uchrashuvi o‘tkazildi. Bungacha o‘zaro qarama-qarshilikda 2-1 hisobida “Semurg‘” xokkeychilari oldinda borayotgan va navbatdagi g‘alaba ularni finalga olib chiqardi. Biroq, “Semurg‘” jamoasi a’zolari kecha bu orzusiga yetisholmadi.   Uchrashuv “Semurg‘”ning ustunligida boshlandi va ular ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Sergey Golev-Maksim Bostanjiyev kombinasiyasini Georgiy Zmeev muvaffaqiyatli yakunladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay “Humo” xokkeychilari vaziyatni tenglashtirdi, Vladislav Treshinning kuchli zarbasidan keyin shayba darvozadan joy oldi – 1:1. Biroq, 1-bo‘limning o‘zida “Semurg‘” jamoasi yana hisobda oldinga chiqib oladi va final yo‘llanmasi taqdirini paysalga solib o‘tirish niyatida emasligini oshkor qilgandi go‘yo.   Lekin keyingi ikki bo‘limda “Humo” xokkeychilari raqib darvozasini naqd to‘rt marta aniq nishonga oldi va o‘yin, shu bilan birga seriya taqdirini o‘zgartirib yubordi. Uchrashuvda Vladislav Troshin xet-trik qayd etdi.   Shu tariqa “Semurg‘” va “Humo” jamoalari o‘rtasidagi seriyada hisob tenglashdi – 2:2. Endi ushbu juftlik g‘olibi 5 aprel kuni bo‘ladigan hal qiluvchi o‘yinda aniqlanadi. Ularni esa finalda o‘zbek xokkey maktabi rivojida o‘ziga xos o‘rin tutadigan “Binokor” jamoasi kutib turibdi.   Xokkey. O‘zbekiston chempionati.   Pley-off. ½ final   “Semurg‘” (Toshkent) – “Humo” (Toshkent) – 2:5 (2:1, 0:1, 0:3)   Seriyadagi hisob – 2:2   0:11 – Georgiy Zmeev, 1:0   02:23 – Vladislav Troshin, 1:1   14:16 – Artyom Senin, 2:1   20:18 – Vladislav Troshin, 2:2   32:51 – Viktor Ekk, 2:3   34:49 – Vladislav Troshin, 2:4   43:57 – Roman Maseyko, 2:5
Manba: UZA
Kiritildi: 11:08, 04.04.2019.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.