Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Odil Hamrobekov «Nasaf»ga qarshi bahs o‘zgacha kechishini ta’kidladi

Odil Hamrobekov «Nasaf»ga qarshi bahs o‘zgacha kechishini ta’kidladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov "Nasaf" bilan bellashuvdan avval o‘z taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.

- "Nasaf" bilan o‘yin qiziqarli o‘tadi. Ularning ikki o‘yinini ham ko‘rdim. "Dinamo" va "So‘g‘diyona"ga qarshi bahslarda muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qilishdi. O‘yin uslubi, kombinasiyalar uyushtirishda faol bo‘lishdi. Har bir o‘yinchida sobiq jamoasi bilan bellashuvda hissiyotlar yuzaga keladi. Bu jamoada uzoq yil faoliyat olib bordim. Men uchun ham o‘zgacha qiziqarli va hissiyotga boy o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman.

"Nasaf" dastlabki turlarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoadan ko‘p futbolchi ketgan bo‘lishiga qaramay, yosh futbolchilar o‘z o‘yin uslubi, o‘zagini yo‘qotgani yo‘q. Jamoa bu yil istalgan klubga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi va mavsum yakunida yaxshi natijaga erishadi.

"Paxtakor"ga birinchi kundanoq moslashib ketdim. Chunki futbolchilarning ba’zilari bilan terma jamoalarda, ba’zilari bilan "Nasaf"da birga o‘ynaganman. Shu sababli moslashish jarayonida qiyinchilikka duch kelmadim. Hamma bilan juda tez kirishib ketdim.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:49, 04.04.2019.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик