Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Bunyodkor": Yoshlarimiz xalqaro mini-turnirda g‘olib bo‘ldi

"Bunyodkor": Yoshlarimiz xalqaro mini-turnirda g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida to‘rt jamoa ishtirokida xalqaro mini-turnir start olgani haqida xabar bergandik.

Yarim finalda Yaponiyaning «Vanfore Kofu» jamoasidan ustun kelgan «Bunyodkor» bugun final bahsida maydonga tushdi.

«Nasaf»ga qarshi o‘ynagan Sergey Chigodayev shogirdlari qiziqarli uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozondi. Muhammadyusuf Nosirov tomonidan urilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi va «qaldirg‘ochlar» chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz ushbu musobaqada uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda «Oaxtakor» yoshlari yaponiyalik tengqurlarini 2-0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa bronza medalarini qo‘lga kiritdi.

XALQARO TURNIR. FINAL
«Bunyodkor» (U-18) - «Nasaf» - 1:0
«Bunyodkor»: Mo‘min Qodirov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Ubaydullayev, Jasur Abdulbekov, Muhammadyusuf Nosirov, Abdurauf Bo‘riyev, Siroj Bashriddinov, Farrux Muxtorov, Mironshoh Sattorov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Jalol Sodiqov.
Zaxiradan tushganlar: Lazizxon Mo‘ydinov, Asad Azimjonov, Sobir Norboyev.
Gol: Muhammadyusuf Nosirov

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 21:54, 06.04.2019.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик