Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Mart oyining eng yaxshi darvozaboniga ovoz berish jarayoni boshlandi

Mart oyining eng yaxshi darvozaboniga ovoz berish jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Joriy yildan e’tiboranTribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi.Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz  nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan mart oyida Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun nomzodlar: 

Nomzod

Klub

Erishdi

Botirali Ergashev

“Dinamo”

2 ta o‘yin, 4 seyv

Boyan Knejevich

“Qo‘qon-1912”

2 ta o‘yin, 1 quruq o‘yin, 2 seyv

Zafar Safoyev

“Metallurg”

2 o‘yin, 1 quruq o‘yin, 1 seyv

Yevgeniy Cheremisin

“Qizilqum”

2 o‘yin, 2 seyv

Manba: Marca
Kiritildi: 22:55, 06.04.2019.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.