Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Halqaro musobaqada «Vanfore Kofu» klubi to‘rtinchi o‘rinni egalladi

Halqaro musobaqada «Vanfore Kofu» klubi to‘rtinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi O‘zbekiston hamda Yaponiya futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan mamlakatimizga tashrif buyurib, bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi.

 Jumladan, yaponiyaliklar 3 va 4 aprel kunlari Samarqand va Toshkent futbol akademiyalariga qarshi maydonga tushishdi. Bundan tashqari, "Milliy" stadionda "Vanfore Kofu" jamoasi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari akademiyalari qatnashdi.   

Musobaqa yarim finalida "Vanfore Kofu" klubi "Bunyodkor" akademiyasiga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi yarim finalda "Nasaf" akademiyasi xuddi shu hisobda "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taslim etdi.  3-o‘rin uchun bahsda "Vanfore Kofu" "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Finalda esa "Bunyodkor" akademiyasi "Nasaf" tarbiyalanuvchilarini kichik hisobda taslim etdi. Shu tariqa "Bunyodkor" birinchi, "Nasaf" ikkinchi, "Paxtakor" uchinchi va "Vanfore Kofu" klubi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.   Bugun Yaponiya klubi "Chig‘atoy" sport majmuasida Namangan va Andijon akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv soat 14:30da boshlanadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:47, 07.04.2019.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик