Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Davron Fayziyev: «G‘alabani faqatgina qora mehnatimiz evaziga qo‘lga kiritdik»

Davron Fayziyev: «G‘alabani faqatgina qora mehnatimiz evaziga qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Metallurg” (2:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, hech bir murabbiy o‘yinimizdan qoniqdim deyolmaydi. Ammo bugungi bahsda “Dinamo” g‘alabaga ko‘proq haqli edi. O‘yin jangovar va tomoshabop o‘tdi. “Metallurg”ni yaxshi o‘rgangan edik, tajribali ijrochilarga ega, tarkib borasida ancha nomdor futbolchilari bor. Uchta tur o‘tdi, o‘ylaymanki biz tayyorgarlik bobida to‘g‘ri yo‘ldan ketayapmiz. Hali chempionat uzoq davom etadi, bitta g‘alaba bilan bo‘shashlikka haqqimiz yo‘q. Bizga ishongan va qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat.

- Jamoa sardori Akmal Xolmurdov jarohati sabab almashtirildi. Uning holati, jarohati qay darajada?
- O‘yinda yakkakurashlar ko‘p bo‘lgani uchun futbolchilar jarohat orttirishdi. Ko‘rdingiz, xuddi shunday vaziyatda Ixtiyor Toshpo‘latov ham jarohatlangandi, ammo o‘yinni davom ettira olishini aytdi. Akmal Xolmurodov jarohati esa unga o‘yinni davom ettirishga to‘sqinlik qildi, shu bois jamoa foydasi uchun zaxiraga olinishini so‘radi. Bu majburiy o‘zgarish edi. Sardorimizning jarohati qay daraja ekanligi shifokorlarning tashxisidan so‘ng ertaga ma’lum bo‘ladi.

- Keyingi turda “Dinamo” yana o‘z uyida sobiq jamoangiz “So‘g‘diyona”ga qarshi to‘p suradi...
- Chindanam oldinda og‘ir o‘yinlar kutib turibdi. “Dinamo” va “So‘g‘diyona” o‘yinini kichik derbi desa ham bo‘ladi. Biz bugungi o‘yinni tezroq unutib, “So‘g‘diyona”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- “Dinamo” hujumlarni yakunlashda samarali o‘ynay olmayapti. Ya’ni ijrochilar ko‘rinmayotgandek. Bu borada keyingi o‘yinlarda o‘zgarish qila olasizmi?
- Bu borada har bir mashg‘ulotda alohida ishlayapmiz. Hozir qo‘l ostimda bitta oilaga aylangan jamoa bor. “Dinamo” faqatgina butun jamoaning qora mehnati evaziga g‘alaba qozona oldi va oladi. Aytmoqchimanki, masalan “Dinamo”da “Metallurg” jamoasi safidagidek bir o‘zi o‘yinni hal qila oladigan alohida ijrochilar yo‘q. Misol uchun men ham “Dinamo”da oddiy vaziyatlardan ham o‘yin taqdirini hal qila oladigan Server Jeparov singari nomdor futbolchilar bo‘lishini istayman. “Dinamo”da shijoat, tezlik va ishtiyoq kuchli, ammo qayerdadir sovuqqonlik va tajriba yetishmayapti. O‘shanda ham aytgandim, biz yangi mavsum uchun Pro-Ligaga tayyorgarlik ko‘rgandik, 10 kun ichida esa Superliga moslashimiz kerak edi, bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shunga qaramay, oldin ham aytganman, hozir ham aytaman “Dinamo” har qanday holatda ham oxirigacha kurash olib boradi. Taslim bo‘lish yo‘q. “Dinamo” nomi va Samarqand sha’ni uchun kurashamiz. Tarkibda hech bir futbolchimning nomi emas, jamoaning sha’ni har narsadan ustun turadi.

- Bugungi g‘alaba goli muallifi Mirkomil Lokayev o‘tgan mavsum Otabek Narzullayev kelgach, zaxirada qolgandi. O‘yinda tushganda ham unga ko‘p ko‘rsatma berardingiz. Bugungi goli bu mavsum yana asosiy tarkibga kirgan Lokayevga o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishi mumkinmi?
- Manda shunday xarakter bor, agar futbolchi menga kerak bo‘lsa, xato qilganida baqiraman, tushuntiraman. Mirkomilning kelajagi bor. Lokayevda shijoat bor, ammo qanot himoyachisi uchun yakuniy pasni yetkazib berish, muhim pallada yakuniy zarbani bera olishda xatosi ko‘p. Mirkomil mana shu borada ko‘proq ishlasa yanada o‘sadi. Narzullayevning ustunligi esa tajribasi bor, boshlagan hujumini oxirigacha yetkaza oladi. Mirkomil esa katta hajmdagi ishni qilib, oxirgi zarbani maromiga yetkazishda kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Bugun ham gol urishidan avval qanotdan Safarov yetkazgan to‘pni golga aylantirish kerak edi, ammo sovuqqonlik yetishmadi. O‘ylaymanki, Lokayev o‘sishda davom etadi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:48, 07.04.2019.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.