Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Andrey Kanchelskis «Navbahor» muxlislari bilan ochiq muloqot qildi

Andrey Kanchelskis «Navbahor» muxlislari bilan ochiq muloqot qildi

Baho:
+ | -

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bugun muxlislar bilan uchrashdi. Unda muxlislar Andrey Antanasovichga o‘zlarini qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qilishdi. 

Mazkur savollarga javob bergan “lochinlar” ustozi jamoaning salbiy natijalariga ayrim futbolchilarning klub sha’ni va qadr-qimmati uchun maydonga tushayotganliklarini his qilmasliklari, ularda xarakter va ruhiy holatning yetishmasligi bilan bog‘ladi. Shuningdek, Andrey Kanchelskis jamoa ahil hamda inoqligini, futbolchilar o‘rtasida bo‘linish yo‘qligini ta’kidladi. 

Bundan tashqari, “Navbahor” bosh murabbiyi 4-6-turlar doirasidagi safarda o‘tkaziladigan (5-turdan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi kechadigan bahs ham “Markaziy” o‘yingoh maydoni chimi hali tayyor emasligi bois, safarda o‘tkazilishi ehtimoli yuqori) “Nasaf”, “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga qarshi kechadigan bahslarda shogirdlari  maydonga faqat g‘alaba ilinjida tushishlari, mazkur o‘yinlarda ijobiy natija qayd etish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani amalga oshirishini, muxlislar jamoaning 12-o‘yinchisi ekanligi, ularning qo‘llab-quvvatlashlari  “Navbahor”ga ruhiy quvvat, qo‘shimcha kuch berishini ta’kidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:20, 08.04.2019.
O'qildi: 3719 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.