Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Oleg Zoteev: «Muxlislarsiz futbol Osiyo futbolini ko‘tarishga yordam bermaydi»

Oleg Zoteev: «Muxlislarsiz futbol Osiyo futbolini ko‘tarishga yordam bermaydi»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bellashuvini safarda o‘tkazadi.

“Temiryo‘lchilar” Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al Ittihod” mehmoni bo‘lishadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan “Loko” futbolchisi Oleg Zoteev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bosh murabbiyimizning aytganlariga qo‘shilaman. Bugun hammamizni chiroyli futbol kutib turibdi deb o‘ylayman. Bu o‘yinda kim g‘olib chiqsa, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. Ayni paytda guruhdagi barcha jamoalarda uch ochkodan bor, bu esa qolgan turlar ham qiziq o‘tishini bildiradi”.

O‘yin muxlislarsiz kechadi. OFK qarori tufayli stadion ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. Bu mehmon sifatida sizlarga yordam beradimi?

“Avvalo muxlislarsiz futbol Osiyo futbolini ko‘tarishga yordam bermaydi. Qolaversa Osiyo chempionlar ligasi nufuzini oshirish uchun muxlislar kerak.

Lekin bu OFKning qarori. Bo‘sh tribunalar qarshisida biz erkin o‘ynaymizmi? Aslida futbolchi ishqibozlar ko‘z o‘ngida to‘p tepsam deydi. Bu ham ko‘proq kuch bag‘ishlaydi.

O‘ylaymanki, bu o‘yinga muxlislar kiritilmasligi uchrashuvga bo‘lgan e’tiborni tushirmaydi. Har ikki jamoa bor kuchini berib harakat qiladi. Menga qayerda bo‘lmasin tomoshabinlar ko‘z o‘ngida futbol o‘ynagan ma’qul deb o‘ylayman”.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:07, 09.04.2019.
O'qildi: 2623 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик