Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

MDHning eng qimmat futbolchisi kim?

MDHning eng qimmat futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

«Transfermarket» saytining ma’lumotlariga tayangan xolda sobiq ittifoq davlatlari orasidagi eng qimmat futbolchilar 5 ligini e’tiboringizga xavola etamiz.

Aleksandr Zinchenko

Ukraina terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi futbolchisi sanaladigan futbolchi 22 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, futbol olamida o‘z so‘zini ayta oldi. Gvardiola qo‘l ostida o‘sib borayotgan futbolchi hozirda «Transfermarket» sayti tomonidan 15 millionga baholanmoqda. U unversalligi bilan ko‘plab mutaxassislarni e’tiborini o‘ziga qarata oldi. Pep uni maydonning istalgan pozisiyasida sinab ko‘rmasin, Zinchenko o‘ziga bildirilayotgan ishonchni to‘liq oqlamoqda. Futbolchi o‘z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda uning transfer narxi ham ko‘tarilib borishi aniq

Andrey Yarmolinka

Yana bir Ukraina terma jamoasi a’zosi. Hozirda «Vest Hem» klubida ishlari o‘zi kutganidek ketmayotgan bo‘lsada, uning qiymati Zinchenkonikidan 5 millionga qimmatroq. Yermolinka bir necha yillardan beri Ukrainaning eng iqtidorli futbolchisi sanalsada, xali to‘liq imkoniyatini ko‘rsata olganicha yo‘q. Uning texnikasi braziliyalik futbolchilarni esaltib yuboradi. Afsuski, futbolchi biroz «dangasalik kasalligi» bilan «og‘rigani» sababli, o‘z ustida kam ishlamoqda. Natijalar ham shu sabab pasayib ketayotgan bo‘lsa, ajab emas.

Mario Fernandes

Moskvanink «SSKA» klubi himoyachisi Rossiya pasportini olgach, ko‘plab OAV futbolchining terma jamoada o‘ynashiga qarshilik qilishdi. U esa, hech narsaga e’tibor bermay o‘z ishini chin yurakdan bajarishni boshladi va tez orada muxlislar qalbini zabt etdi. Hozirda uning transfer summasi 26 million yevroni tashkil etmoqda. Mario hujumga tez-tez o‘tib tursada, himoyada bexato o‘yin ko‘rsatadi. Uning o‘yinlarini bir nechta Yevropa grandlari kuzatib bormoqda. Tez orada bu futbolchi boshqa chempionatga yo‘l olishi ham hech gap emas.

Aleksandr Golovin

Rossiyalik futbolchining «Monako»da ishlari u qadar yurishmayotgan bo‘lsada, uning imkoniyatlari hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Maydon markazida o‘zini juda yaxshi his qila oladigan futbolchi har qanday klubda o‘z o‘rnini topib keta oladi. Hozirda uni harid qilishni istagan jamoa 30 million yevrodan voz kechishiga to‘gri keladi. Golavin o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa, tez orada bundanda kuchliroq klubga o‘tish uchun uning potensiyali yetarli!

Genrix Mxitaryan

O‘z vaqida «Borussiya Dortmund» klubida fantastik o‘yinlari bilan bir nechta top klublar e’tiborga tushgan futbolchining APL dagi ishlari chakki emas. U avvaliga «Manchester Yunayted» safida muxim gollari bilan muxlislar ishonchini qozongan bo‘lsa, hozirda «Arsenal» tarkibida yorqin uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Aramanistonlik futbolchining transfer summasi 35 millionni tashkil etadi.

Unay Emeri Mxitaryanga ishonch bildirmoqda va o‘z rejalarida bor ekanligini bot-bot matbuotda e’lon qilmoda. Bu mavsum sovrinsiz qolgan «Arsenal» keyingi mavsumda o‘z o‘yinini kuchaytirishiga Shubha yo‘q. Sababi, «Arsenal» tobora Mxitaryan va boshqa yangi futbolchilar yordamida yangi darajaga ko‘tarilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:26, 09.04.2019.
O'qildi: 13804 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.