Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Xabar berib o‘tganimizdek, bir necha kun oldin yosh bokschilarimiz Rossiya Federasiyasining Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirok etib, beshta medalga sazovor bo‘lgandilar.

2001-2002 yilda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan turnirda Rossiya, Kuba, Qozog‘iston, Armaniston, Shveysariya, Hindiston, Filippin, Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O‘zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi ishtirok etgan va unda besh nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, turnir yakunlariga ko‘ra Shahzod Muzaffarov (-49 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-64 kg) oltin, Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishgandi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida mezbon Rossiya terma jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagandilar.

Endi bokschilarimiz bir necha kun dam olishadi va yana mashg‘ulotlarni boshlashadi. Ularni oldinda bir qator musobaqalar, jumladan shu yil noyabr oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati kutib turibdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:05, 09.04.2019.
O'qildi: 1703 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.