Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sinxron suzish. Sportchilarimiz FINA jahon seriyasidagi musobaqada ishtirok etishadi

Sinxron suzish. Sportchilarimiz FINA jahon seriyasidagi musobaqada ishtirok etishadi

Baho:
+ | -

19-21 aprel kunlari Rossiyaning Qozon shahrida sportning sinxron suzish turi bo‘yicha “FINA” jahon seriyasi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Musobaqada yurtimiz sharafini Elmira Fayzullayeva murabbiyligida Anastasiya Morozova, Anna Yeltisheva va Diana Onkes himoya qiladi.

Joriy yil sinxron suzish bo‘yicha jahon seriyasi 8 bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu musobaqa uchinchisi hisoblanadi. Keyingi bosqichlar Tokio (Yaponiya, 27-29 aprel), Pekin (Xitoy, 4-6 may), Grinsboro (AQSH, 24-26 may), Kvebek (Kanada, 30 may-1 iyun) va Barselona (Ispaniya, 31 may-2 iyun) shaharlarida uyushtirilishi ko‘zda tutilgan. Uch kun davom etadigan mazkur musobaqa texnik va erkin dasturlarni o‘z ichiga olgan guruh, solo, aralash juftlik yo‘nalishlari, shuningdek, juftlik, kombinasiyaviy dastur va akrobatik guruh bahslaridan iborat. 

Har bir tur bo‘yicha barcha bosqichlar natijalariga ko‘ra eng kuchli deb topilgan jamoalar Super-finalda ishtirok etishadi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:22, 10.04.2019.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик