Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

YECHL. «Ayaks» «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

YECHL. «Ayaks» «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida «Ayaks» o‘z uyida «Yuventus»ni qabul qildi. Yuqori tempda o‘tgan o‘yin durang bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lim davomida amsterdamliklar ko‘proq golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Voysex Shchesni yaxshi harakat qilib, raqibning gol urishga yo‘l qo‘ymadi. Bo‘lim oxirida esa mezbonlar raqib hujumini o‘tkazib yuborishdi. O‘ng qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga "keksa sinyora" hujumchisi Krishtianu Ronaldu darvozagacha 5-6 metrlardan bosh bilan zarba berib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan "Ayaks" tomonidan uyushtirilgan dastlabki hujum gol bilan yakunlandi. Neres 12-13 metrlardan aylanma zarba berib, "Yuventus" posbonini dog‘da qoldirdi.

Shundan so‘ng ham ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi. Ular qisqa uzatmalar juda chiroyli kombinasiyalar tashkil qilishdi. Turinliklar o‘z jarima maydonchalari ichiga "qamalib" olishga majbur bo‘lishdi. Faqat vaziyatlardan foydalanishda gollandiyaliklarga omad kulib boqmadi. O‘yin so‘ngida esa zaxiradan maydonga tushgan Duglas Kosta chap tomondan oldinga o‘tdi va uning zarbasi darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

Javob o‘yini 16 aprel kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
Ayaks Gollandiya – Yuventus Italiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Ronaldu, 1:1 – 46 Neres.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh, Tadich, Shene (Ekkelenkamp, 75), Neres, de Yong.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Bonuchchi, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Dibala, 75), Bernardeski (Xedira, 90), Ronaldu, Mandjukich (Duglas Kosta, 60).
Ogohlantirishlar: Talyafiko (41), de Yong (55), Shene (71), Pyanich (83), Ekkelenkamp (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:55, 11.04.2019.
O'qildi: 7707 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик