Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sport targ‘ibotida davriy nashrlarning roli

Sport targ‘ibotida davriy nashrlarning roli

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston farzandlarining nufuzli xalqaro musobaqalar, olimpiada va Osiyo o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotgani barchamizni quvontirib keladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsan tashabbuslari bilan respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani, poytaxtda va hududlarda jahon andozalariga mos muhtasham sport majmualari, zamonaviy stadion va arenalar bunyod etilayotgani, sportchi va trenerlarga imtiyozlar berilayotgani, jismoniy tarbiya va ommaviy sport tobora ommalashib borayotgani diqqatga sazovor. 

Sportning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, dunyoda mamlakatimizning obro‘-e’tiborini yanada oshirishda sportchilarimiz qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarning rolini yoritish ommaviy axborot vositalari, xususan davriy nashrlarning e’tiborida bo‘lishi davr talabidir. 

Bu borada gazetalarimiz mavjud imkoniyatlardan nechog‘lik samarali foydalanayotgani, sahifalardan joy olayotgan materiallarning janri, uslubi, saviyasi alohida tadqiqotlar mavzusi bo‘lishi zarur. 

Matbuotda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning ixtisoslashuvi doim ham talab darajasida emasligi, xususan, sport jurnalistlarining professional saviyasini oshirish zarurligi, yurtimizning ayrim joylarida ota-onalar, mutasaddi rahbarlar o‘rtasida sport sohasiga loqaydlik bilan qarash hollari mavjudligini alohida qayd etish zarur. 

Mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida ochilgan “Sport jurnalistikasi” yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash jarayonida diqqat markazida tutilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining qarorida “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘z tasarrufidagi nashrlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy jamoalarga malakali sport jurnalistlarini jalb etish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish vazifasi”yuklatilgani diqqatga sazovor. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2003 y. 484-son "Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori)* 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va "O‘zteleradio" kompaniyasi ommaviy sport targ‘iboti bo‘yicha alohida faollik ko‘rsatgan jurnalistlarni rag‘batlantirish uchun yillik mukofotlar ta’sis etishgan. 

Mukofotlanganlarni har yili 27 iyun –“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida e’lon qilish an’anaga aylangan. 

Jumladan, 2018 yili ushbu tanlovda sovrindor bo‘lganlar orasida Dmitriy Popov (“Sport+”), Qurolboy Kenesboyev (“Qoraqalpog‘iston sporti”), Dilshod Ro‘ziqulov (“Ma’rifat”), Irismuhammad Abdukarimov (“Ishonch”), Omonulla Fayziyev (“Xalq so‘zi”), Hulkar Rajabova (“Qashqadaryo yoshlar sporti”) kabi qalami o‘tkir jurnalistlarni e’tirof etish mumkin. 

Shuningdek, ko‘p yillardan buyon sport jurnalistikasida o‘z ovoziga ega Temur Nizayev (“Pravda Vostoka”), Ahadxon Abduhamidov (“Interfutbol”), Behzod Nazarov (“Futbol Ekspress”), Fazliddin Sattorov (“Arena-nyus”), Bekzod Isayev (“Sport”), Javohir Toshxo‘jayev (O‘zA) va boshqa ijodkorlarning maqolalari mushtariylar hurmatiga sazovor bo‘lib keladi. 

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi huzuridagi “Sport jurnalistikasi” ijodiy kengashi tavsiyasiga binoan universitetimiz talabalari bilan sportni yoritish bo‘yicha 2015-2018 yillar davri uchun O‘zbekistonda chop etiladigan gazetalar reytingini tuzib chiqdik. Quyida ana shu reytingni e’tiboringizga havola qilamiz.

Sportni yoritish bo‘yicha

O‘zbekistonda chop etiladigan gazetalar reytingi

(2015-2018 yillar davri uchun)

Ijtimoiy-siyosiy, ommabop nashrlar

(top-10)

Ma’rifat

Pravda Vostoka

Ishonch

Xalq so‘zi

Narodnoye slovo

Darakchi

O‘zbekiston ovozi

Toshkent oqshomi

XXI asr

Turkiston

 

Sportga ixtisoslashgan nashrlar

Sport

Sport+

Interfutbol

Futbol Ekspress

Arena-nyus

Erudit-sport

O‘zbekiston futboli

Qoraqalpog‘iston sporti

Bolalar sporti

Qashqadaryo yoshlar sporti 

Davriy nashrlarimiz sport targ‘ibotida bundan buyon ham faol ishtirok etadilar degan umiddamiz.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:45, 11.04.2019.
O'qildi: 2821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.