Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldu yoki Messi? «Real Madrid» afsonalari javob berishdi.

Ronaldu yoki Messi? «Real Madrid» afsonalari javob berishdi.

Baho:
+ | -

«Jizn  futbol» nashri «Real Madrid» klubi faxriylarining ikki mega yulduz to‘g‘risida bildirgan fiklarini o‘z rasmiy sayti va «You Tube» kanalida e’lon qildi. Ushbu maqolani sizlarga ilindik

Raul

Bu futbolchilarni gol mashinasiga o‘xshataman. Har mavsumda 50 tadan gol ura oladigan boshqa bir futbolchini ko‘rsata olasizmi? Albatta, yo‘q. Ronaldu o‘z mehnati va shijoati evaziga bu darajaga yetishdi. Uning o‘yinlarini tomosha qilish zavq bag‘ishlaydi. Messi haqida ham huddi shu so‘zlarni  bemalol ayta olaman. Bu futbolchilarni solishtirish esa noo‘rin. Bu «Mersedes»ning bir xil narxdagi ikki markasini solishtirgandek gap. Ularni teng kuchli deb hisoblayman.

Devid Bekxem

Leo Messi juda yuqori tempda futbol o‘ynaydi. Uning tezligi va maydonni ko‘ra bilishi meni bir necha bor qoyil qoldirgan. Ronaldu ham ajoyib o‘yinchi. Ular zamonaviy futbolimizdagi barcha futbolchilardan anchagina kuchliroq. Shunday bo‘lsada, men Leoni biroz kuchliroq deb hisoblayman.

Roberto Karlos

Hozirgi kunimizda «Oltin to‘p» sovrinining ahamiyati juda katta. Chunki u yerda futbolni tushunadigan insonlar ovoz berishadi. Shunday ekan, futbolchilarning shaxsiy yutuqlari o‘zlari uchun javob bera oladi deb hisoblayman. Ronaldu o‘z ustida qattiq ishlaydi va mehnatdan qochmaydigan yigit. Uning mashg‘ulotlarda qanday ishlaganini ko‘rganimda unga qoyil qolaman. Messi va Neymar texnik tomondan u bilan bellasha olishlari mumkin, lekin uchrashuvga ma’suliyat bilan yondashuv borasida hech kim Krishga teng kela olmaydi.

Rud Van Nistelroy

Ularning qay biri kuchli? Men hali tanlaganimcha yo‘q. Ikkisida ham 5 tadan «Oltin to‘p» mavjud va ular yuqori saviyada o‘ynashda davom etishmoqda. Shunday ekan, yaxshisi ularning o‘yinlarini tomosha qilib zavqlanish kerak. Uzog‘i bilan 3 yoki 4 yildan so‘ng bu davr yakunlanadi. Ronaldu va Messidan so‘ng futbol anchagacha zerikarli ko‘rinish olsa, ajab emas.

Luis Figo

Ronaldu va Messini solishtirish har doim qiyin bo‘lib kelgan. Avvallari, bu savolga Messi deb javob berar edim. Hozirgi kunlarimizda Ronaldu kuchliroq ko‘rinmoqda. O‘ylashimcha, hozirda Ronaldu qolganlarga nisbatan kuchliroq.

Kaka

Avvalari, «Oltin to‘p» uchun sovrinda rotasiya bo‘lar, uni ketma-ket hech kim qo‘lga kiritmas edi. Ularning erasi boshlanishidan oldin men «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edim. Mendan so‘ng 10 yil bu sovrinni bo‘lib olgan futbolchilarga qoyil qolmasdan ilojing yo‘q. Men ularni ikkisini ham fenomen deb atayman. Agar tanlash kerak bo‘lsa, menga Ronalduning o‘yinlari ko‘proq yoqadi.

Fabio Kannavarro

Men Messiga qarshi o‘ynaganman. Undan to‘pni olib qo‘yishning deyarli iloji yo‘q. Ronaldu ham fantastik o‘yinchi. Agar ikkisidan birini tanlash kerak bo‘lsa, men o‘z jamoamda Messini ko‘rishni istagan bo‘lar edim.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 11:42, 12.04.2019.
O'qildi: 22544 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.