Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ayaks»da «Yuventus»ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotish

«Ayaks»da «Yuventus»ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotish

Baho:
+ | -

«Ayaks» Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasida «Yuventus»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan muammoga duch keldi.

Gollandiya chempionatining 30-turi doirasida "Ekselsior"ga qarshi kechgan o‘yinda (6:2) yosh futbolchi jarohat olgan. Uchrashuvning 28-daqiqasida Frenki de Yong maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Goal.com xabariga ko‘ra, de Yongning jarohati uning "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi ishtirokini so‘roq ostiga qo‘ydi. 21 yoshli futbolchi belini shikastlab olgan, odatda futbolchilar bunday jarohatdan tiklanishi uchun ikki hafta muddat talab etiladi.

«Yuventus» — «Ayaks» uchrashuvi 16 aprel kuni Turindagi «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning o‘tgan haftadagi birinchi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangandi.

Manba: Goal.com
Kiritildi: 08:43, 14.04.2019.
O'qildi: 9271 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик