Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

«Taxtlar o‘yini» yoxud APLda jang davom etadi...mi?

«Taxtlar o‘yini» yoxud APLda jang davom etadi...mi?

Baho:
+ | -1

Bugun Angliya premyer-ligasining 34-turi chempion jamoa nomini aniqlab berishi mumkin. 

Mazkur turda chempionlik uchun da’vogarlik qilayotgan “Liverpul” “Enfild”da “Chelsi”ni qabul qilsa, 

“Manchester Siti” Brendan Rojersning jamoasiga qarshi mehmonda o‘ynaydi. 

Hozircha, “mersisaydliklar” 82-ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi, lekin “Manchester Siti” ulardan  ikki ochko ortda holos. 

Bu o‘yin qolaversa, “Chelsi” uchun muhim ahamiyat kasb etadi, kecha “Xaddersfild” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan “Tottenxem” “ko‘klar”ning o‘rinini tortib oldi. 

Agar bugun “Liverpul” g‘alaba qozonib, “Manchester Siti” ochko yo‘qotsa, “mersisaydliklar” muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qiladi.

Agarda “Liverpul” ochko yo‘qotib “Manchester Siti” 3 ochko ishlab olsa, “shaharliklar” taxtni qo‘ldan boy bermaydi. 

Kamiga “Manchester Siti” gol urish bo‘yicha “Liverpul”dan ustun, ammo gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha “Liverpul” “shaharliklar”ni dog‘da qoldira oladi. 

“Man Siti” – o‘tkazib yuborilgan gollar (21), urilgan gollar (83) 

“Liverpul” –  o‘tkazib yuborilgan gollar (20), urilgan gollar (75). 

“Liverpul”ning keyingi turdagi raqiblari bilan tanishing. 

21.04/ “Kardiff” – “Liverpul” 

26.04/ “Liverpul” – “Xaddersfild” 

04.05/ “Nyukasl” – “Liverpul” 

12.05/ “Liverpul” – “Vulverxepton” 

“Manchester Siti”ning keyingi 4 ta raqibi 

20.04/ “Manchester Siti” – “Tottenxem” 

28.04/ “Byornli” – “Manchester Siti” 

04/05 “Manchester Siti” – “Lester” 

12/05 “Brayton” – “Manchester Siti”. 

Xulosa, menimcha, bugun “Liverpul” “Chelsi” to‘sig‘idan o‘tishi biroz qiyin bo‘ladi, ammo “Siti”  “Kristal Pelas”ni yengishiga aqli yetadi. Lekin, “Kristal Pelas” ham o‘z maydonida osonlikcha taslim bo‘lmaydi. 

Hisobni taxmin qilishim ham mumkin, bugun “Liverpul” “ko‘klar” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi, “Siti” esa “Kristal Pelas”ni 1:3 hisobida taslim qiladi va chempionlik poygasi turning oxiracha davom etadi.

Abror Eshonxonov

Manba: Stadion
Kiritildi: 12:46, 14.04.2019.
O'qildi: 5040 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик