Kecha 15 aprel kuni Osiyo futbol konfederasiyasi shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida murabbiylik ta’limi bo‘yicha mutaxasisslar guruhi yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berib o‘tgandik. Yig‘ilishni OFK Texnik direktori Endi Roksburg olib bordi.
Mazkur yig‘ilishda qatnashgan Osiyoning 15ta mamlakatidan tashrif buyurgan murabbiylik ta’limi bo‘yicha mutaxassislar OFKning 3-konferensiyasi oldidan muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi. Ular qatorida O‘FA Murabbiylik ta’limi departamenti direktori Shavkat Imamov ham yig‘ilishda ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida OFKga a’zo yana 6ta mamlakatni, shu jumladan, Yaponiya (Pro diplomi bo‘yicha) va Filippinni ("A" lisenziyasi bo‘yicha) Murabbiylik ta’limi bo‘yicha Konvensiyaga qo‘shish ma’qullandi. Shuningdek, yana 25ta mamlakatdan Konvensiyaga qo‘shilish bo‘yicha topshirilgan arizalar mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqildi. Shu bilan OFKning murabbiylik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 8-yig‘ilishi nihoyasiga yetdi.
Bugun 16 aprel kuni OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha konferensiyasi ish boshlaydi. Mazkur konferensiyada O‘zbekistondan Shavkat Imamov bilan birgalikda FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov ham qatnashadi. Konferensiya davomida Osiyoda murabbiylik ta’limini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFK Konvensiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
OFK konferensiyasi 18 aprel kuniga qadar davom etadi.
Gvardiol «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasida tanlov qildi [8321]
Abbosbek Fayzullayev o‘zining orzudagi klubini aytdi [4937]
Kukurelyaning «Real»da qaysi raqam ostida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi [4823]
Kukurelyaning transferi sabab «Real» himoyachisi «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketishi mumkin [3663]
O‘zbekiston va yana 12 ta federasiya UEFA rahbari Cheferinning tanqidiga javoban bayonot berdi [3658]
Germaniya — Kyurasao uchrashuvida jahon chempionatlari tarixidagi rekord qayd etildi [3481]
Tezkor xabar: «Real» Mark Kukurelya transferini hal qildi [3381]
Lineker Yamalni to‘xtata olgan yagona himoyachini aytdi [2861]
Portugaliya kutilmagan muammoga duch keldi [2678]
Mourinyo APLning yulduz himoyachisi bilan suhbat o‘tkazdi [2381]













