Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha 3-konferensiyasi davom etmoqda

OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha 3-konferensiyasi davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasi shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFKning 3-konferensiyasi davom etmoqda. Mazkur konferensiyada O‘zbekistondan Shavkat Imamov bilan birgalikda FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov ham qatnashyotgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Konferensiyaning bugungi kun tartibidan OFKga a’zo mamlakatlarda murabbiylik ta’limi bo‘yicha muammo va kamchiliklarni muhokama qilish o‘rin olgan. Shuningdek, konferensiya davomida FIFAdan maxsus taklif etilgan Basir Muhammad mazkur mavzu yuzasidan chiqish qilishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi qismida konferensiya qatnashchilari joriy yilning yanvar-fevral oylarida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida qatnashgan terma jamoalar murabbiylarining muvaffaqiyatli faoliyatlarini tahlil qilishadi.

 

Bundan tashqari, murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFK Konvensiyasi talablari va ularni amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. 

OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha 3-konferensiyasi ertaga o‘z yakuniga yetadi. 

 

Kiritildi: 11:56, 17.04.2019.
O'qildi: 2159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик