Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Samsung Galaxy Tab, diplom – MOQ sambochilarni taqdirladi

Samsung Galaxy Tab, diplom – MOQ sambochilarni taqdirladi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Jahon kubogida zafarli qatnashgan sambochilarimiz g‘alabasi sharafiga taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, MOQ rahbariyati, O‘zbekiston sambo federasiyasi mutasaddilari, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Anjuman davomida Umid Ahmadjonov sambo sportining yurtimizdagi rivojlanishi va sportchilarimizning so‘ngi paytlarda erishib kelayotgan yutuqlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Biz yangi rahbariyat bilan samboning yurtimizda yanada rivoj topishi uchun yangidan yangi g‘oya va metodlar ustida ish olib boramiz. Xabaringiz bor, sambo kurashi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olindi. Bu esa kelajakda samboning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin degani. Umid qilamizki, sizlar mana shunday muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etib, katta g‘alabalaringiz bilan bizlarni yanada xushnud qilishda davom etasiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, 22-23 mart kunlari Moskvadagi “Lujniki” Olimpiya sport kompleksida sportning sambo turi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 13 nafar sportchi himoya qildi. Umumiy hisobda vakillarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, jangovor sambo yo‘nalishida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan.

Musobaqada oltin medalni Zafar Allaberganov (-68 kg, jangovor sambo) va Sirojiddin Anorqulov (-57 kg, jangovor sambo) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bekzod Nurmatov (-82 kg, jangovor sambo), Zarnigor O‘rmonova (-56 kg), Sherzod Rasulov (-62 kg), Istam Qudratov (-74 kg), Hakimjon Ismailov (+100 kg, jangovor sambo) va Ne’mat Yoqubov (-90 kg) kumush medal egasi bo‘lishdi. Shuningdek, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Ma’murjonova (-52 kg), Timur Xudoyqulov (-68 kg), Abdikerimov Ikrom (-52 kg) va Jalolov Abbos (-74 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularning murabbiylari MOQ tomonidan Samsung Galaxy Tab plansheti va diplom bilan taqdirlanishdi.

Zafar Allaberganov (4 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogi g‘olibi, Osiyo o‘yinlari chempioni): “Sening g‘alabangga baho berishlari doimo yoqimli. MOQ bizni shunchalik qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunman. Bularning barchasi bizni yanada yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishga undaydi. Aytib o‘tilganidek, sambo olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishiga juda yaqin turibdi. Biz ushbu voqeani sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Kelajakda Olimpiada shohsupasiga ham ko‘tirilish niyatidamiz. Hozirgi payt Janubiy Koreyada o‘tadigan jahon chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqdamiz. Nasib qilsa, unda ham chempionlikni qo‘lga kiritib kelamiz”.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:04, 17.04.2019.
O'qildi: 2386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.