Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Yevropa ligasi. «Arsenal» safarda ham «Napoli»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Yevropa ligasi. «Arsenal» safarda ham «Napoli»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropaning ikki kuchli jamoasi — "Arsenal" va "Napoli" o‘rtasida Londonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda Emeri shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Shunga qaramay, bu bahsda hali intriga "o‘lmagan" edi. Birinchi bo‘limda maydon egalari golga tortadigan 2ta yaxshi imkoniyat hosil qilib, ulardan foydalana olishmadi. Bahsning 36-daqiqasida esa Aleksandr Lyakazett jarima zarbasi ishladi va uni golga aylantirib, amalda to‘qnashuv taqdirini hal qilib qo‘ydi. Boisi, endi Anchelotti shogirdlari 4ta gol urishlari shart edi. Yakunda esa neapolliklar bitta ham gol ura olishmadi.

Shu tariqa, "Arsenal" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yevropa ligasi. Chorak final. Javob o‘yini
Napoli Italiya – Arsenal Angliya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 36 Lyakazett.
Napoli – Meret, Kirikesh, Gulyam (Mariu Ruy, 71), Maksimovich (Mertens, 46), Kulibali, Zelinski, Allan, Kalyexon, Fabian Ruis, Insinye (Yunes, 61), Milik.
Arsenal – Chex, Kosyelni, Monreal, Kolashinas, Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka (El-Nenni, 61), Remzi (Mxitaryan, 34), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 68).
Ogohlantirishlar: Insinye (43), Chex (74), Kalyexon (90).
Birinchi o‘yin: 0:2.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:48, 19.04.2019.
O'qildi: 4348 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик