Arsen Vengerning “Arsenal” jamoasidagi faoliyati davomida klub ko‘plab yulduzlarni yetishtira oldi, ammo ularning barchasi ham “kanonirlar” tarkibida qolgani yo‘q.
Londonliklar o‘zining yosh iqtidorlarini ajoyib usulda tarbiyalashlari bilan dong taratgan. Shu sababli ham ko‘plab klublar uning nomini hurmat bilan tilga oladi.
Bugun Worldnews.uz axborot agentligi Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarida faoliyat olib borayotgan sobiq “to‘pchilar” haqida fikr yuritadi.
Jek Uilshir
Tan olish kerakki, u haqida allaqachon unutib yuborgansiz, to‘g‘rimi? Ayni paytda Uilshir Endi Keroll bilan birgalikda “Vest Xem” shifoxonasiga kelib turadi. Uning faoliyati ajoyib tarzda davom etib kelayotgandi. Ammo kutilmagan paytda eski jarohat o‘zining hamon mavjud ekanligini eslatib qo‘ydi.
Asos tarkibida 4 marta chiqish qilgan va dekabrda 5 daqiqa davomida qaytish o‘yinini ko‘rsatgan Uilshir yana davolanish uchun yuborildi. Shundan keyin uning o‘yinlarda faol ishtirok etgani kuzatilmadi.
Ayzak Xeyden
Agar barchasi uning qo‘lida bo‘lganida Ayzak Xeyden “Nyukasl” uchun chiqish qilmagan bo‘lardi. Sababi u o‘tgan yilning yoz faslida klubdan u o‘zi sotib yuborishlari, shu orqali janubiy Uelsdagi onasi va qiziga yaqinroq joyda yashash istagi haqida aytgandi. Ammo transfer amalga oshmadi, mavsumning birinchi qismidan keyin esa uning faoliyati butunlay o‘zgarib ketdi.
Futbolchi bugungi kunda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelyapti. Yanvar oyida "Nyukasl" "Manchester Siti"ning popugini pasaytirib qo‘ydi. Pep Gvardiola o‘z futbolchilarini raqiblarning yarim himoyachilariga qarshi munosib ushlab tura olmadi. Bu o‘rinda Xeyden va uning jamoadoshi Shon Longstaffni olqishlasangiz arziydi.
Voysex Shesni
"Arsenal" muxlislari polshalik darvozabon bilan xayrlashgan paytlari bundan faqat xursand bo‘lgan edilar. Ammo bugungi kunga kelib ushbu qarorlarining yanglish bo‘lganini yaqqol ko‘rib turibdilar.
Shesni o‘zining ikkinchi skudettosi uchun tayyorgarlik ko‘ryapti, Chempionlar Ligasida ham ularning imkoniyatlari juda katta edi. Yaqindagina 28 yoshli darvozabon o‘zining sobiq jamoadoshlari haqida iliq fikrlar bildirgancha intervyu ham bergan edi.
Frensis Koklen
"Arsenal" muxlislari hamisha ko‘pchilikning yodida qolgan "Manchester Siti" qarshi bo‘lgan o‘yinni yaxshi eslashadi. O‘sha mashhur o‘yin paytida Koklen yana birozgina harakat qilsa Jilbert Silvaning o‘rnini bosishi mumkindek ko‘ringan edi.
Braziliyalik o‘yinchi esa bu haqida birozgina o‘zgacha fikrda: "Meni Koklen bilan taqqoslay boshlaganlarini yaxshi eslayman, ammo uning o‘yinini tomosha qilgach, jarayonda allaqanday narsa yetishmayotgandek tuyuldi menga.
U o‘z jamoasi uchun borini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan darajaga qadar yetib bora olmadi". "Buning uchun uni ayblab bo‘lmaydi. Mazkur pozisiyaga esa boshqa birov kerak. Muhimi, oddiygina qilib o‘yin ko‘rsatsin. Men ham Anri, Ronaldo va boshqalarning qo‘lidan kelgan narsani qila olmasdim".
2018 yilning yanvar oyida Koklen "Arsenal" tarkibidan chiqib, "Valensiya" vakiliga aylandi. Afsuski, tez orada uni og‘ir jarohat sababli kasalxonaga jo‘natib yubordilar.
Serj Gnabri
Bu "Vest Bromvich" darajasi uchun munosib bo‘lmasa ham, "Bavariya" uchun ayni kerakli futbolchi. Ignasi Mikel ayni paytda 26 yoshda – siz buni tasavvur qila olasizmi?
Yana bir qiziqarli ma’lumot: Himoyachi bundan 6 yil avval "Arsenal" tarkibidan ajralib chiqqan. O‘tgan mavsum davomida ispaniyalik o‘yinchi "Malaga" bilan birga divizionga chiqdi, ammo "Xetafe" imzosidan keyin Primerga qaytishni uddaladi. Shunga qaramasdan, ayni mavsumda uning o‘yin ko‘rsatishi uchun 92 daqiqa vaqti bor xolos.
Stefi Mavididi
"Hamisha kumirlarim bilan birga o‘yin ko‘rsatishni orzu qilganman. Men ular bilan mashg‘ulot o‘tkaza olganimdan behad baxtiyorman" degan edi Mavididi yanvar oyida.
"Bu yerda barcha gap Ronalduning mentalileti, o‘yinga bo‘lgan yondoshuvi, professionalizm va o‘z tanasiga bo‘lgan munosabatida deb bilaman. Unga har tomonlama o‘xshash uchun harakat qilaman".
Stefi Mavididi Derbida dunyoga kelgan va ingliz yoshlari tarkibida o‘yinlar ko‘rsatgan. "Arsenal" tarkibida biror marta bo‘lsa ham ko‘rinish bermasa-da, "Charlton" va "Preston" bilan o‘ynadi.
Unga boshqa o‘yinchilar ishona olmadilar, ammo "Yuventus"ning bu boradagi fikri boshqacharoq edi. Stefi ilk mavsumni yoshlarning "Yuve" jamoasi tarkibida o‘tkazdi. Aksariyat muxlislar esa uning katta futboldagi debyuti ham tez orada sodir bo‘lishiga qattiq ishonmoqdalar.
Ruy Fonte
Ruy Fonte Jofe Fontening kichik ukasi bo‘lib, "Vest Xem" hamda " Sautgempton" tarkibida o‘ynagan, "Arsenal" bilan esa faqatgina bitta match o‘tkazgan. Ammo "Fulxem"ga APLga chiqib olish uchun yordam berdi. Ayni mavsumda futbolchi "Lill" tarkibida akasi bilan birga o‘yin ko‘rsatmoqda. Hozircha kichik Fonte asosiy tarkibda faqat 5 martagina maydonga tushdi.
Ris Nelson
"Arsenal" muxlislrai ayni paytda "Xoffenxaym"da o‘ynayotgan Nelsonni juda yaxshi ko‘rar edilar. Noyabrga kelib uning hisobidagi gollar soni 6 taga yetgandi.
Ammo, bir necha bor yorqin chiqishlardan so‘ng Nelson o‘z ustida ishlashni biroz susaytirdi, oqibatda zahira o‘yindig‘idan joy oldi.
Emil Smit-Rou
Bu Germaniya tarkibida o‘yin ko‘rsatuvchi yana bir ingliz futbolchisi. Emil Smit-Rou yanvar oyida "Leypsig" jamoasiga o‘tdi, ammo jarohati sabab o‘zini yetarlicha ko‘rsatib bera olmadi.
"Emil Smit-Rouni yarim yilga ijaraga olish kerak. Bundesliga – uning uchun ajoyib tajriba bo‘ladi. Bu yerda harakatlanish tempi APLga nisbatan biroz pastroq" deydi yoshlar murabbiysi Per Mertezaker.
Yoshlar jamoasidan Germaniyada, keyin APLga o‘tish uning uchun ajoyib jarayon bo‘ladi". "Ayrim paytlarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasi orasidan biror odamni tanlash qiyin – o‘yinchilar asosiy tarkib bilan mashq qilishadi, ammo ularda yetarlicha raqobat bo‘lmaydi".