Zayniddin Zidanning jamoa postiga qaytishi aytarli hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lsada, keyingi mavsumdan muxlislarning umidi katta. Zidan navbatdagi mavsum oldidan bir nechta futbolchilar bilan xayrlashmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayabdi. Endi «Real Madrid»ga qaysi futbolchilar kerak emas? Aynan shu savolga javob izlab ko‘ramiz
Garet Byl
Uelslik futbolchi hozirgi kunda klubdagi eng katta maosh oladigan futbolchi sanaladi. Uning transferi qirollik klubi tarixidagi eng kattasi bo‘lsada, eng omadlisi deyish biroz noo‘rin. Ronalduning ketishi Beylga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratib berishi kutilgan edi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Beyl bu mavsumda 14 ta gol kiritgan bo‘lsada, bu jamoa yetakchisi uchun kamlik qilishi hammaga ayon. Hozirda uning transfermarketdagi narxi ham chakki emas. Shunday ekan, futbolchini sotib yuborish ortidan «Real Madrid» katta talofat ko‘rmasligi aniq. Boz ustiga yozda harid qilinishi kutilayotgan Eden Azar yoki Mbappelardan biri keladigan bo‘lsa, Beyl zahirada qolishi aniq. Haftasiga 400 ming yevro maosh oladigan zahira o‘yinchisi zamonaviy futbolda istalgan klubga og‘irlik qilishi tayin.
Toni Kroos
Bir qarashda Kroos jamoaga hali kerakdek ko‘rinishi mumkin, ammo JCHdagi omadsizlik va «Real Madrid»dagi krizis futbolchini ruhan cho‘kib qolishiga sabab bo‘ldi. Zidan Eriksonni Madridga olib kelsa, Kroosga ortiqcha xojat qolmadyi. Bu mavsumda futbolchi atigi bir bor darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 4 bor golli uzatmani amalga oshirdi holos. Uning transfermarketdagi narxi baland ekanligi, uning transferi evaziga yosh va g‘alabaga chanqoq futbolchini harid qilish imkoniyatini beradi.
Marselo
Braziliyalik futbolchi bir necha yillar super formada bo‘lgan bo‘lsada, asta-sekinlik bilan uning o‘yinlarida pasayish kuzatilmoqda. Bu mavsumda futbolchi o‘z qanotidagi ishonchsiz o‘yinlari evaziga asosiy tarkib uchun imkoniyatni Regilionga boy berib qo‘ydi. Zidan Marseloni asosiy tarkibga qaytarishga urunib ko‘rgan bo‘lsada, avvalgi darajasiga olib chiqishni uddasidan chiqa olmasa kerak. Futbolchining o‘zi «Yuventus»ga o‘tib ketishga qarshi emas bo‘lib ko‘ringani bilan uning keyingi klubi katta ehtimol bilan «PSJ» bo‘ladiganga o‘xshab turibdi. «Daily Mirror» nashrining xabar berishicha futbolchining agenti hozirda Parijda emish. «Real Madrid» uni sotib yuborish evaziga imkoniyatlari ochilib borayotgan Regiloinga o‘yin amaliyotini taqdim etish imkoniga ega bo‘ladi.
Serxio Ramos
Ko‘pchilik bu fikrga qo‘shilmasligi mumkin, ammo statistika o‘z so‘zini aytadi. Keyingi mavsumda 34 yoshni qarshilaydigan futbolchi avvalgi tezligi va jangovarlik hususiyatlarini yo‘qotganiga ancha bo‘lgan edi. «Real Madrid»ning fantastik o‘yinlari evaziga himoyadagi xatolar ko‘zga tashlanmas, bir qarashda hammasi joyidadek ko‘ringan edi. Bu mavsumdagi omadsiz o‘yinlar evaziga himoyadagi xatolar yaqqol ko‘rinib qolmoqda. «Primeroda» «Real Madrid» o‘rtamiyonalardan ham ko‘proq to‘p o‘tkazib yuborayotgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Ramosning noo‘rin qizil kartochkalari va hokimiyatga intiluvchi harakteri «Real»ning foydadan ko‘ra zarariga ishlamoqda. Bejizga Zidan kelishi bilan «Portu» markaziy himoyachisi Eder Militanni harid qilmadi. Bundan tashqari Zizu Varaning qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilmoqda. Agarda Eder Militan va Varan juftligi ishga tushadigan bo‘lsa, «Real Madrid» himoyadagi o‘yinini kuchaytirishi aniq. Shunday ekan Ramosning klub oldidagi buyuk hizmatlari uchun minatdorchilik bildirgan holda kelajak haqida qayg‘urish kerak. Aks holda keyingi mavsumda ham klubda ichki nizolar paydo bo‘lmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi.