Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Xoland «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi gollar shousiga munosabat bildirdi (foto)

Xoland «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi gollar shousiga munosabat bildirdi (foto)

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish jarayonidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalar bir-birlariga to‘qqizta gol urib (5:4), turnirning yarim final bosqichida sermahsullik bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Uchrashuv davom etayotgan bir paytda norvegiyalik forvard qisqacha izoh qoldirdi.

«Bu futbol», – deb yozdi Xoland ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘yindan olingan suratni ilova qilgan holda.

Javob o‘yini 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun Londonning «Arsenal» va Madridning «Atletiko» jamoalari bahs olib borishadi.

Erling Xoland «Manchester Siti» tarkibida turnirdagi ishtirokini 1/8 final bosqichidayoq yakunlagan edi – «shaharliklar» Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berishgan.

Kiritildi: 13:10, 29.04.2026.
O'qildi: 3468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик