Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Jasur Jaloliddinov: «Jamoamga yordamim tegsa, o‘zimni baxtiyor sezaman»

Jasur Jaloliddinov: «Jamoamga yordamim tegsa, o‘zimni baxtiyor sezaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

«Bunyodkor» mavsumni Vadim Abramov boshchiligida boshlaganidan xabaringiz bor. Moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan «qaldirg‘ochlar» bir qator yetakchi futbolchilaridan ayrilishdi. Abramov esa imkoniyatidan kelib chiqqan holda tarkibni shakllantirdi. Hozirda jamoada klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bir qator yoshlar o‘ynashmoqda. Ular orasida hali 17 yoshga to‘lmagan Jasur Jaloliddinov ham bor. Ushbu futbolchi «Navbahor» va «Andijon» jamoalariga qarshi kechgan bahslarda «Bunyodkor»ga olti ochko hadya qildi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Aynan Jasurning gollari evaziga Namangan va Andijon jamoalari mag‘lub etildi. Kuni kecha muxbirimiz Jaloliddinov bilan «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbat uyushtirdi.

 

- Jasur, o‘zingiz haqingizda qisqacha so‘zlab bersangiz...

- 2002 yilning 15 may kuni Navoiy shahrida tug‘ilganman. Uyimiz yaqinida stadion bo‘lardi. U yerda bolalar shug‘ullanishardi. 4-5 yoshimdan u yerga qatnay boshlaganman. Tengqurlarim bo‘lmagani bois 1999 yili tug‘ilgan bolalar bilan shug‘ullanardim. Xususan, Islom Kenjaboyev bilan bir jamoada bo‘lganmiz. Birinchi murabbiyim Asror Pirnazarov bo‘lgan. Ushbu inson qo‘lidan kelgan barchasini bizga o‘rgatgan.

- «Bunyodkor»ga kelib qolishingiz qanday yuz bergan?

- Navoiy BO‘SM tarkibida Samarqanddagi Respublika musobaqasiga borganmiz. O‘sha yerda hozirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi «Bunyodkor-2002» jamoasiga qarshi bahs olib borganmiz. O‘yindan so‘ng Otabek aka «Bunyodkor»ga kelishimni maslahat bergan. Bu yerga kelganimda 2002 yilda tug‘ilgan bolalar jamoasiga Sergey Chigatayev ustozlik qilardi. U meni jamoada olib qolgan. Shu tariqa «Bunyodkor» akademiyasidagi faoliyatimni boshlaganman.

Jamoga kelganimdan keyin Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov kabi futbolchilar bilan birga bo‘lganman. U paytda juda kichkina edim. Shu bois ham ular xuddi o‘z ukalaridek munosabatda bo‘lishardi.

Shu o‘rinda katta futbolga qadam qo‘yishimda xizmatlari singan Sergey Chigatayevga katta minnatdorchilik bildiraman. Rahmatli Akmal Risqullayev ham murabbiyim bo‘lganlar. U kishi Chigatayevga yordamchi murabbiy bo‘lib kelganlar. O‘sha paytda bizning yoshimizdagi jamoalar orasida O‘zbekistonda yetakchi edik. Mamlakatimizda yetakchi bo‘lgan «Paxtakor» va «Nasaf» akademiyalari jamoalari ham bizga teng kela olmasdi. Xorijdagi musobaqalarga borib, nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rsatishga harakat qilardik. Malayziyadagi turnirda Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi o‘ynaganmiz. Ular bizni dastlab mensishmagan. Parijliklar bilan «pley-off» bosqichida to‘qnash kelganmiz. O‘yindan oldin Akmal aka bilan Sergey Andreevich juda ta’sirli gaplarni aytishgan. «Ular hozir xaritadan O‘zbekistonni topa olishmaydi. Agar bugun g‘alaba qozonsak, qidirib qolishadi», deyishgan. O‘yinda 0:1 hisobida ortda borayotganimizda jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirganman. Keyin penaltilar seriyasida 10:9 hisobida g‘alaba qozonib, o‘ziga xos tarix yaratganmiz.

- Asosiy tarkibga qanday kirib keldingiz?

- O‘tgan yili yoshlar jamoasida o‘ynadim. Tarkibga mavsum o‘rtalarida qo‘shildim. Aniqrog‘i, 16 yoshga to‘lganimdan keyin. Umuman olganda, 16 yoshga to‘lmaganlarning yoshlar jamoasida o‘ynashi mumkin emas ekan. Shu bois ham avvaliga o‘yinlarda maydonga tushmasamda, jamoa bilan mash­g‘ulotlarda qatnashib yurdim. 15 may kuni 16ga to‘lganimdan keyin o‘ynashni boshladim. Birinchi o‘yinim «Paxtakor»ga qarshi kechdi. O‘sha uchrashuvda 30 daqiqa o‘ynadim. Keyingi o‘yindan so‘ng esa Mirjalol Qosimov asosiy tarkibga jalb etdi. Shunday inson qo‘l ostida o‘ynash men uchun faxr bo‘lgan. Garchi maydonga tushmasamda, asosiy tarkib bilan doim birga yurardim. Zaxirada o‘tirib bo‘lsada, «asosiy»ning havosidan bahra olganman. Sport formasida bo‘lish uchun esa yoshlar jamoasi tarkibida to‘liq ishtirok etardim. Asosiy tarkibda esa bir marta sakkiz daqiqa o‘ynaganman. Buning uchun Mirjalol Qosimovga minnatdorchilik bildiraman.

- Joriy mavsumda asosiy tarkibga qay tarzda kiritildingiz?

- O‘zingizga ma’lum, jamoamizni Vadim Abramov qabul qilib oldi. U ish boshlagan paytda jamoada 40-50 nafar futbolchi bor edi. Abramov ular orasidan o‘zi xohlagan futbolchilarni saralab oldi. Mavsumoldi yig‘inlardagi nazorat uchrashuvlarida Vadim Karlenovich asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Ammo rasmiy o‘yinlarda ham «asosiy»da tushishimni xayolimga keltirmagandim. Murabbiyning ishonchini oqlash uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman.

- 17 yoshga to‘lmasdan katta futbolda dovrug‘ qozonaman, deb o‘ylaganmidingiz?

- Bunaqa bo‘ladi, deb o‘ylamaganman. Bolaligimda 18-19 yoshimda o‘ynab ketishim kerak, deb o‘z ustimda ishlashni kanda qilmasdim. Agar shu yoshda o‘zimni ko‘rsata olmasam, keyinchalik qiyin bo‘ladi, deb hisoblardim.

- Ketma-ket ikki o‘yinda jamoangizga 3 ochko olib kelgan gollaringiz haqida...

- To‘g‘risi, mavsum avvalida gol urishim qiyindek tuyulgandi. Ammo o‘yin paytida fikrlar boshqacha bo‘larkan. Birinchi golimni urganimda hissiyotlar umuman o‘zgacha bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinda chiroyli gol urib, jamoamga uch ochko tortiq qilganimdan juda xursandman. Umuman olganda, gol uribmi, golga pas beribmi, jamoamga yordamim tegsa, men uchun muhimi shu. «Bunyodkor» meni yedirdi, ichirdi, kiyintirdi... Xullas, «Bunyodkor» farzandiman desam ham bo‘laveradi. Shu yoshda shunday darajaga olib chiqdimi, demak «Bunyodkor»ga foydam tegsa, o‘zimni baxtli his qilaman.

- Jamoada asosan qaysi futbolchilar sizni yaxshi tushunishadi?

- Maydonda barchamiz bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Vadim Abramov bu jarayonni yaxshi yo‘lga qo‘ydi. Mashg‘ulotlar paytida shu narsa ustida ko‘p ishladik. Taktikamiz qisqa paslar bo‘lgani uchun ham bir-birimizni tushunib harakat qilishimiz juda muhim.

- Oila a’zolaringiz futbolga qanchalik qiziqishadi?

- Onam kichkinaligimda olamdan o‘tganlar. Ikki yoki uch yosh bo‘lganman o‘shanda. To‘g‘risi, aniq eslay olmayman. Shundan so‘ng otam meni tashlab ketganlar. Keyin qaytganlaridan so‘ng u kishini qabul qilmaganman. Buvim, tog‘alarim va xolam bilan birga yashaganman. Yuqorida aytganimdek, uyimiz yaqinida stadion borligi uchun futbolga qiziqish paydo bo‘lgan. To‘g‘risi, o‘zimni futbol orqali chalg‘itardim. O‘z umrimni futbolga bag‘ishlashga qaror qilganman. Xudo omadimni berib, mana shu darajaga chiqdim. Tog‘alarim futbolga qiziqishadi. Katta futbolga kirib kelganimdan keyin esa millionlar o‘yiniga befarq bo‘lmagan qarindoshlarim soni ortdi.

- Terma jamoalardagi faoliyatingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Ayni payt 19 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashkil topgan terma jamoa safida faoliyat olib boryapman. Meni bu jamoaga Otabek G‘ulomxo‘jayev chaqirganlar.

- Transfermarkt.ru saytida sizning transfer bahoingiz 50 ming dollar qilib ko‘rsatilgan...

- Ha, o‘zim ham ko‘rdim.

- Jamoada qancha maosh olyapsiz?

- Bu haqda ma’lumot berishni istamasdim. Rahbariyatga menga shuncha maosh berasiz, demaganman. Hozirgi paytda ozgina ko‘p olib, boyib qolmayman yoki buning aksi. Muhimi - men uchun o‘ynashga imkoniyat yaratib berishayotgani.

- Ilk maoshingiz qancha bo‘lgan va nimalarga sarflagansiz?

- Dastlabki maoshim 300 ming so‘m bo‘lgan. Yoshligimda birinchi oyligimga biror-bir yegulik olib, oila a’zolarim bilan baham ko‘rish va ularni shu tariqa xursand qilish istagi bo‘lgan. O‘shanda bu orzumni amalga oshirgandim.

- Birinchi professional shartnomangizni qachon tuzgansiz?

- O‘tgan yili. Shu mavsum avvalida yana yangi kelishuvga erishdik va «Bunyodkor» bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomam bor.

- Orzularingiz qanday?

- Eng katta orzum - O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jahon chempionatida o‘ynab, sovrinlar yutish.

- Kumiringiz kim? O‘zbek va xorij futbolida qaysi futbolchiga havas qilasiz?

- O‘zbek futbolida eng yoqtirgan futbolchim - Eldor Shomurodov. Eldor aka bilan xuddi aka-ukadekmiz. Shomurodov qiyinchiliklarni yengib o‘tib, shu darajaga chiqqani bilan ajralib turadi. Xorij futbolida esa Lionel Messining muxlisiman. Uning o‘yinlarini juda yoqtiraman. Messiga o‘xshashning iloji yo‘q. Chunki u jahonda yagona. Albatta, uning harakatlaridan nimanidir o‘zlashtirishga harakat qilaman. «Andijon» bilan o‘yindagi golim shuning mahsulidir.

- Yoqtirgan rangingiz?

- Aniq bittasini ajratib ko‘rsatolmayman.

- Qanday avtomobillarga qiziqasiz?

- Hozircha bilmayman. Qachonki, mashinaga yetadigan pul ishlasam, keyin qiziqishni boshlayman.

- Bo‘sh vaqtlaringizda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lasiz?

- Hozircha bo‘sh vaqtlarimda dam olib, kuch yig‘ishga harakat qilyapman. Chunki tan olib aytishim kerak, maydonda qiyin bo‘lyapti. Shu bois ham vaqtida uxlab, vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapman.

- Qanday kitoblar o‘qiysiz?

- Oxirgi marta ingliz tilini o‘rgatadigan kitob o‘qidim. Ayni paytda shu tilni o‘rganishga urinyapman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:33, 22.04.2019.
O'qildi: 2654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.