Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Superliga klublari vakillari uchun maydon chimini parvarishlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

Superliga klublari vakillari uchun maydon chimini parvarishlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga va Pro-liga klublari stadionlarining zamonaviy talablarga javob berishi, xususan maydon chimining holati ideal darajaga keltirilishi masalasiga juda jiddiy e’tibor qaratmoqda. 

Natijada, joriy mavsum avvalida qator stadionlarda maydon maysasi yangilandi va yaxshi holatga keltirilmoqda. 

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, har bir klub uy stadioni maydoni holati hamma vaqt yaxshi darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida O‘zPFL tashabbusi bilan bugun “Milliy” stadionda klublar maydoniga mas’ul xodimlar uchun maxsus amaliy seminar tashkil etildi. Unda barcha klublar vakillari, maydon bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Seminarni Turkiya Futbol Federasiyasi maydonlar bo‘yicha mutaxassislari Tug‘rul Hochaoglu hamda Tayfun Tunguz olib borishdi. Unda futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan maydonlarga qanday parvarish berish, maysani sug‘orishdagi muhim jihatlar, chim holatini yaxshilaydigan o‘g‘it va boshqa maxsulotlardan qanday foydalanish va umuman maydonni futbol uchrashuvini qabul qilishga ideal holda tayyorlashda e’tibor qaratiladigan barcha jihatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot almashildi. 

Seminar qatnashchilari bo‘lgan klublarimiz vakillari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bafurja javob olishdi va turk mutaxassislari tajribasini o‘z ish joylarida tatbiq etish bo‘yicha fikr almashishdi. 

Qayd etish joiz, “Milliy” stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Mazkur stadion chimini yangilashda ham aynan turk mutaxassislari ish olib borishdi. Bugungi seminarda ushbu mutaxassislar ham ishtirok etishdi va o‘z tavsiya va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:39, 22.04.2019.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.