Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

4 nafar yosh futbolchi «Futbol do‘stlik uchun» loyihasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

4 nafar yosh futbolchi «Futbol do‘stlik uchun» loyihasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA va “Gazprom” kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining yettinchi mavsumi start olgani xabar berib o‘tgandik.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. 2019 yilda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Mavsumning yakuniy tadbirlari 28 may - 2 iyun kunlari Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi butun dunyodagi bolalarni birlashtiradi. Ular o‘rtasida futbol bo‘yicha turnir tashkil etiladi. Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, joriy yilda ekologiya muammolariga katta ahamiyat qaratiladi. Shu maqsadda butun dunyodan keladigan bolalardan tashkil topadigan futbol jamoalar noyob va yo‘qolib borayotgan jonivorlar nomi bilan ataladi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi mazkur loyihada uchinchi marta ishtirok etadi. Bu yil O‘zbekiston sharafini yosh darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi hamda yosh murabbiy himoya qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonida nomzodlarni saralab olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Saralash jarayoni uch bosqichda o‘tkazildi: jismoniy holat va sport mahoratini namoyon qilish, xorijiy tillarni bilish darajasini tekshirish va atrofdagilar bilan muloqot qilish qobiliyatini ko‘rsatish. Komissiya qaroriga ko‘ra nomzodlar orasidan munosiblar tanlab olindi. Unga ko‘rsa bu yil "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekiston sharafini Asilbek No‘’monov ("Nasaf" akademiyasi), Abdulla Tursunboyev ("Chig‘atoy" futbol maktabi), Asadbek Ro‘zimov ("Yashnobod") va Marina Kosnikova ("Bunyodkor" akademiyasi) himoya qiladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi saralashdan o‘tgan barcha yosh futbolchilarga loyihada omad tilaydi va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishni tilab qoladi!

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:04, 23.04.2019.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.