Flashscore portali «Istanbul Bashakshexir» jamoasi safida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning Turkiya Superligasi 2-turidagi o‘yiniga baho berdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
«Trabzonspor»ga qarshi uchrashuvda Istanbul klubi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shomurodov hujumkor yarimhimoyachi pozisiyasida maydonga tushdi. U raqib darvozasi tomon 4 marta zarba berdi va kutilgan gollar ko‘rsatkichi (xG) 1,14 ni tashkil etdi. Shuningdek, 16 ta uzatmaning 14 tasini aniq amalga oshirdi (88 foiz). Flashscore o‘zbekistonlik futbolchining harakatlariga 6,8 ball baho berdi.
Qanot hujumchisi Fayzullayev esa 6,1 ball oldi. Uning hisobida 2 ta zarba, to‘pga 28 marta teginish va 14 ta uzatmaning 12 tasi aniq (86 foiz) ko‘rsatkichi qayd etildi.
Qayd etish joizki, Shomurodov Turkiya chempionatining 2026/27 yilgi mavsumidagi ikkinchi golini urdi. U avvalgi turda «Xo‘jaelispor»ga qarshi g‘alaba qozonilgan uchrashuvda ham o‘z nomini tabloga yozdirgan edi.













