Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

"Manchester Yunayted"ning yangi transferi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

"Manchester Yunayted"ning yangi transferi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -1

"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba yozgi transfer oynasida klubini almashtirish arafasida. 22 yoshli kamerunlik futbolchi "Manchester Yunayted" safiga qo‘shilishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Brayton" transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 65 mln funt va yana 5 mln funt miqdoridagi bonuslarni tashkil etadi. "Brayton" kelajakdagi transferdan ulush olish huquqini ham saqlab qoladi.

Baleba "qizil iblislar" safida tibbiy ko‘rikdan ham muvaffaqiyatli o‘tgani xabar qilinmoqda. Futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Kamerunlik futbolchi o‘tgan mavsumda "Brayton" safida Angliya Premyer-ligasida 31 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Baleba 2023 yildan buyon "Brayton" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha futbolchi Fransiyaning "Lill" klubida to‘p surgan.

Kiritildi: 10:13, 24.08.2026.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик