Samarqandda yoqqan kuchli jala oqibatida ko‘chalar va maydonlarni suv bosdi.
Xususan, shaharda joylashgan «Dinamo» stadioni ham suv ostida qoldi. Tvitterdagi foydalanuvchilardan biri bu holatga shunday izoh bergan: «Samarqand suzish havzasiga marxamat».
Viloyatda yog‘ingarchilik bo‘lishi haqida kecha xabar berib o‘tilgan edi. Jala oqibatida viloyatda kuchli sel kelishi ham kuzatilmoqda.