Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

La liga. «Atletiko» «Valensiya» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Atletiko» «Valensiya» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning chempionlikni rasmiylashtirish masalasi keyingi turga qoldirildi. Boisi, "Atletiko" o‘z maydonida "Valensiya" ustidan g‘alaba qozondi.

Maydon egalari o‘yinni faollik bilan boshlab, bahsning 9-daqiqasida Morataning goli evaziga hisobni ochishdi. Birinchi bo‘limning o‘zida "matraschilar" hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi. "Ko‘rshapalaklar" posboni qiyin vaziyatda jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. Birinchi bo‘limga tugashiga 9 daqiqa qolganida mehmonlar Gameyroning goli orqali hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Grizmann aniq zarba bilan yana "Atletiko"ni oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashiga 13 daqiqa qolganida "Valensiya" penalti ishladi va Parexo uni aniq amalga oshirdi.

Oradan atigi 4 daqiqa o‘tib ajoyib zarba bilan "Atletiko"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Mavsum tugashiga 4 tur qolganida Simeone jamoasi va "Barselona" o‘rtasidagi farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda. Kataloniyaliklar shanba kuni o‘z maydonlarida "Levante"ni mag‘lub etishsa, navbatdagi chempionlikni nishonlaydi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Atletiko – Valensiya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 9 Morata, 1:1 – 36 Gameyro, 2:1 – 49 Grizmann, 2:2 – 77, penalti Parexo, 3:2 – 81 Korrea.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Godin, Filipe Luis (Korrea, 64), Savich, Rodri Ernandes, Koke, Saul, Lemar (Parti, 71), Grizmann, Morata (Aryas, 84).
Valensiya – Neto, Diakabi, Garay, Gayya, Koklen, Vass, Gedesh (Sobrino, 59), Soler, Parexo, Santi Mina, Gameyro.
Ogohlantirishlar: Soler (22), Morata (47), Filipe Luis (56), Sobrino (73), Saul (76), Diakabi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:03, 25.04.2019.
O'qildi: 4067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик